Microsoft Word soliha ayollar ziyouz com doc


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana05.01.2022
Hajmi154.05 Kb.
#232299
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar

Hazrati Oishai siddiqa 

(raziyallohu anho) 

 

Payg‘ambarimiz Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) hazratlarining zavjai 



mutahharalari. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) o‘rtancha qizlari.  

 

Hazrati Hishom otalaridan naql qiladilarki: “Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) 



Oishaga (raziyallohu anho) olti yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga 

yetganida qo‘shilganlar. U janob Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bilan birga 

to‘qqiz yil yashagan” (Imom Buxoriy rivoyati). 

 

Hazrati Oisha (r.a.) Abu Hurayradan (r.a.) keyin eng ko‘p hadis rivoyat qilgan roviydir. 



Shu bilan birga, Madinai Munavvaraning eng ma’lum va mashhur yetti faqihidan biri 

bo‘lgan.  

 

Oisha onamiz (r.a.) bunday deydi: “Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) vafot 



etmaslaridan oldin betob bo‘lgan kezlarida ikki “Qul a’uzu”ni o‘qib, o‘zlariga o‘zlari dam 

solar edilar. Dardlari og‘irlashib, hollari qolmagach, ul zotga men o‘zim dam solar edim. 

Shunda barakali bo‘lsin uchun (ikkala qo‘llariga - kaftlariga dam solib,) o‘z qo‘llari bilan 

o‘zlarini silar edim” (Imom Buxoriy rivoyati).  

 

Hazrati Oisha (r.a.) Qur’oni karimdagi bir necha oyati karimaning nozil bo‘lishiga 



bevosita sababchi bo‘lgan. O‘zlari tayyorlab, doimiy o‘qib yurgan Mushafi shariflari 

hozirgacha saqlangan. Raziyallohu anho. 

 


Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling