www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Ayol avliyolar
Er so‘fiylarning martabalariga erishgan soliha, obida, orifa ayollar
“Futuhot” asarining muallifi Ibn Arabiy (q.s.) bu asarining yetmish uchinchi bobida so‘fiy
zotlardan bir qismining hol tarjimalarini zikr qilgach, quyidagi satrlarni yozgan: “Biz
“rijol” nomi bilan zikr qilgan bu kishilarning hammasi ham “er so‘fiylar” emas, balkim bir
qismi “ayol sufiyalar”dir. Ammo er so‘fiylar ko‘pchilikni tashkil qiladi”. (Shuning uchun er
(rijol, mard) atamasi ko‘proq qo‘llaniladi.)
Bu toifaning biridan so‘radilar:
– Abdol necha kishi?
– Qirq nafsdir.
– Nimaga qirq er demayapsiz?
– Chunki oralarida xonim, ayol valiylar ham bor, shuning uchun.
“Tabaqotus-so‘fiyya” muallifi shayx Abu Abdurrahmon as-Sulamiy orifa va obida ayollar
haqida alohida bir asar yozib, ayollar sufiya ahvollaridan ko‘p so‘z yuritgan hamda
ularning bu hollarini sharhlagan.
So‘fiy zotlardan biri shunday deydi:
Aytganimdek bo‘lsa agar ayollar,
Rijolga fazilatda nima shubha bor?
Muzzakkarlik emas oy uchun hech iftixor,
Muannaslik bois quyoshga hech kelmas or.
(Arabchada oy er (muzakkar) jinsiga oid, quyosh esa ayol (muannas) jinsiga oiddir.)
Do'stlaringiz bilan baham: |