Ummu Zufar
(raziyallohu anho)
Ato ibn Abu Raboh rivoyat qiladilar: Ibn Abbos (r.a.): “Senga bir jannati ayolni
ko‘rsataymi?” dedi. Men: “Ha”, dedim. Ibn Abbos: “Mana shu qora tanli ayol”, dedi.
O‘sha xotin Rasulullohning (sallallohu alayhi va sallam) huzurlariga borib: “Men (ichda
yel to‘plangani bois) goho xushimdan ketib, goho o‘zimga kelib turaman. Alloh taologa
iltijo aylab, meni duo qiling, dardimga shifo bersin!” dedi. Janob Rasululloh: “Istasang,
sabr-toqat qilgin, jannatga kirursan, istasang, duo aylay, Alloh taolo senga shifo ato
etgay”, deb javob qildilar. Ayol: “Yaxshisi, sabr qilganim afzal, duo qiling, dardimdan
forig‘ bo‘lmay!” deb aytdi. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) duo qildilar.
Ato ibn Abu Raboh Ibn Yazidga bunday deydi: “Men Ummu Zufarni ko‘rganman, u
novcha, qora tanli ayol bo‘lib, o‘shanda Ka’baning devoriga suyanib turgan edi” (Imom
Buxoriy rivoyati).
Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
Do'stlaringiz bilan baham: |