Lubobatul Mutaabbida
(quddisa sirruho)
Quddusi sharifdan edi. “Haq taoloning meni (o‘zidan) boshqasi bilan mashg‘ul
ko‘rmog‘idan uyalaman”, derdi. Bir kishi undan:
– Hajga ketyapman, u yerga borganimda qandoq duo qilay? – deb so‘radi.
– Allohdan sendan xushnud bo‘lmog‘ini, seni xushnud kishilarning maqomiga
yetkazmog‘ini va do‘stlari orasida majhul holga keltirmog‘ini tilagin, – deb javob berdi.
Maryamul Basriyya
(quddisa sirruho)
Basralik, Robiya Adaviyya bilan suhbatlashgan, uning xizmatida bo‘lgan edi. Robiyaning
vafotidan so‘ng bir muddat yashagan, ko‘pincha muhabbat haqida gapirar va shu
mavzudagi so‘zlarni eshitganida o‘zini yo‘qotar, behush bo‘lar edi. Maryam Basriyya
muhabbat bahs qilinayotgan bir majlisga kirib kelganida o‘t pufagi yorilib jon bergani
naql qilingan.
U: “Osmonda sizlarning rizqro‘zlaringiz va sizlarga va’da qilingan narsa (jannat) bordir”
(Vazzoriyot, 22), oyatini eshitganimdan buyon rizq uchun aslo g‘am yemadim, uning
talabiga hech bir mashaqqat, qiyinchilikka ham tushmadim” degan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |