“Korrelyatsion-regression tahlil va uning bozor iqtisodiyoti
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda qo‘llanilishi”
mavzusi bo‘yicha TAYANCH IBORALARI
1. Correlftio (lot) – xodisalarning o‘zaro nisbatini anglatadi.
2. Funksional bog‘lanishlar deb - bir o‘zgaruvchan belgining har bir
qiymatiga boshqa o‘zgaruvchan belgining aniq bitta qiymati mos
keluvchi bog‘lanishlarga aytiladi.
3. Funksional bog‘lanishlarni - to‘liq, aniq, “qattiq” bog‘lanishlar
deyiladi.
4. Korrelyatsion bog‘lanishlar deb - omil belgining aniq qiymatiga
natijaviy belgining bir necha qiymatlari mos keladigan bog‘lanishga
aytiladi.
5. Korrelyatsion bog‘lanishlarni harakterli xususiyati shundaki -
natijaga ta’sir qiluvchi barcha omillarning to‘liq ruyxatini aniqlash
qiyin, faqatgina formula yordamida korrelyatsion bog‘lanishlarning
taxminiy ifodalarini yozishgina mumkin, xolos.
6. Balans usuli ishlab chiqarish bilan iste’mol - iste’mol bilan
jamg‘arma, axoli pul daromadlari bilan harajatlari va shu kabilar
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi.
“Korrelyatsion-regression tahlil va uning bozor iqtisodiyoti
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda qo‘llanilishi”
mavzusi bo‘yicha SAVOLLAR
1. Xodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning turlari.
2. Korrelyatsion bog‘lanishning moxiyati.
3. To‘g‘ri chiziqli bog‘lanish tenglamasi moxiyatini tushuntiring.
4. Regrissiya ko‘rsatkichlarining moxiyatini tushuntiring.
5. Korrelyatsiya koeffitsiyenti qanday aniqlanadi.
6. Xodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning zichlik ko‘rsatkichlari.
7. Ko‘p omilli korrelyatsiya moxiyati va uning tenglamasini
tushuntiring.
8. Ko‘p omilli korrelyatsiya koeffitsiyenti qanday hisoblanadi.
9. Egri chiziqli bog‘lanishlar mohiyati.
10 Korrelyatsion jadval to‘g‘risida tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |