www.ziyouz.com kutubxonasi
27
NAMOZ KITOBI
Namozning ko‘rinishi
Namoz o‘qimoqchi bo‘lgan kishining kiyimi, badani va namoz o‘qiydigan o‘rni
najosatlardan pok bo‘lishi lozim. Shu bilan birga katta va kichik tahoratsizlikdan, ya’ni
junublik va betahoratlikdan ham pok, avratlari esa yopiq holatda bo‘lmog‘i kerak. Agar
namoz vaqti kirsa, azon aytiladi, so‘ng sunnat namozlari o‘qilib, orada farzga turiladi,
qiblaga yuzlangan holda o‘qimoqchi bo‘lgan namozga niyat qilinadi.
Birinchi rakatga «Allohu akbar», deb qo‘l quloq barobariga ko‘tarilgan holda kirishiladi.
Barmoqlarning oralari esa bir oz ochiq, kaftning ichi qiblaga qaragan bo‘ladi. So‘ng o‘ng
qo‘l bilan chap qo‘lining bo‘g‘inidan ushlab, ikkisi kindik ostiga tushiriladi va qiyom holda
sajda qilinadigan o‘ringa qarab turib, maxfiy ushbu duo o‘qiladi:
«Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la
ilaha g‘oyruk». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Senga hamd aytish bilan Seni aybu
nuqsonlardan poklayman. Sening isming muborakdir. Azamating oliydir. Sendan boshqa
iloh yo‘qdir».)
Keyin:
«A’uzu billahi minash shaytonir rojiym, Bismillahir rohmanir rohim» , deb, so‘ng
oshkor qilib o‘qiladigan namozlarning avvalgi ikki rakatida Fotiha surasi jahriy o‘qiladi.
Imomga iqtido qilgan kishi sanoni aytgandan so‘ng «A’uzu...», «Bismillah...»ni va
Fotihani o‘qimaydi. Imom Fotihani o‘qib bo‘lgach, maxfiy qilib «omiyn», deydi, iqtido
qilganlar ham «omiyn»ni maxfiy aytishadi. Fotihadan so‘ng kamida uch oyat miqdorida
Qur’oni karimdan tilovat qilinadi. Jahriy o‘qiladigan namozlarda buni ham oshkor qilib
o‘qiydi. Jahriy namozlar quyidagilar:
1. Bomdod;
2. Shomning avvalgi ikki rakati;
3. Xuftonning avvalgi ikki rakati;
4. Juma;
5. Ikki hayit namozlari;
6. Ramazondagi vitr va taroveh namozlari.
So‘ng «Allohu akbar», deb ruku’ qiladi, ikki kafti bilan tizzasining ko‘zini ushlab, boshi
bilan belini bir tekis qiladi va xotirjam holda uch marta «Subhona Rabbiyal ‘azim»
(«Ulug‘ Rabbim pokdir»), deydi. Ruku’ holida ikki qadamining ustiga qarab turadi. So‘ng
belini ko‘tarib, «Sami’allohu liman hamidah» («Unga hamd aytgan kishini Alloh
eshitdi»), deya tik turadi. Tik turgach esa, «Robbana lakal hamd» («Ey Rabbimiz,
maqtov faqat Sen uchundir»), deydi. Yolg‘iz namoz o‘quvchi kishi ikkisini ham aytadi.
Imom esa avvalgisi bilan kifoyalansa, iqtido qiluvchi keyingisining o‘zini aytadi. Ruku’dan
qaytib, oz fursat xotirjam holda tik turiladi. Keyin takbir aytib sajdaga yiqiladi, yerga
avval tizzalar, keyin kaftlar, so‘ng burun, oxiri peshona qo‘yiladi. Tirsaklarni yerga va
ikki biqiniga tekkizmasdan, imkon boricha har bir a’zoni, xususan, oyoq barmoqlarini
qiblaga yuzlantirib, xotirjam holda «Subhana Rabbiyal a’lo» («Oliy Rabbim pokdir»),
deb uch marta aytadi. Keyin takbir aytib, sajdadan bosh ko‘taradi va chap oyoqni
to‘shab, o‘ng oyoqning kaftini tik qilib, barmoqlarni qiblaga yuzlantirgan holda o‘tiradi,
Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi)
Do'stlaringiz bilan baham: |