Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 so‘nggida peshonani qo‘yish, sajdadan qiyomga turishda esa buning aksini qilish, ya’ni avval peshonani, keyin burunni, keyin qo‘llarni va so‘nggida tizzalarni yerdan ko‘tarish. 12. Erkak kishi sajdada qornini soniga tekkizmasligi, ikki tirsagini ham yerga yopishtirib olmasligi va bilaklarini yerdan uzoq tutishi. Ayollar esa buning aksi o‘laroq, sajdada sonlarini qorinlariga tekkizib, tirsaklarini esa yerga yopishtirib turishi sunnat hisoblanadi. (Chunki ayollar doimiy o‘zlarini berkitganlari ma’qul. Zero, ziynat berkitilganda qadrli bo‘ladi... - tarj.) Sajda ikki kaftning o‘rtasiga qilinib, kamida uch marta «Subhona Rabbiyal a’la», deyiladi. 14. Erkak kishining qa’dada chap oyog‘ini to‘shab, uning ustiga o‘tirib, o‘ng oyog‘ini esa tik qilib, barmoq uchlarini qiblaga qaratgan holda egishi. Ammo ayollar esa qa’dada chap dumba tomoniga o‘tirib, o‘ng dumba tomonidan ikki oyoqlarini chiqarib olishadi. 15. Tashahhuddagi «Ashhadu anla ilaha» kalimasi o‘qilgan paytda o‘ng qo‘lning bosh barmog‘i bilan o‘rta qo‘lni xalqa qilib, ko‘rsatgich barmoqni ko‘tarish, «illalloh» kalimasini o‘qiganda esa ko‘rsatgich barmoqni tushirish. 16. To‘rt rakatli yoki uch rakatli farz namozlarining uchinchi, to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasini qiroat qilishlik. Zam sura qilishlik esa shart emas. (Ammo sunnat va nafl namozlarining uchinchi, to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasi bilan zam sura qilishlik vojibdir. Nafl namozlari aslida ikki rakat bo‘ladi. Agar kishi to‘rt rakat naflni niyat qilsa- yu, ikki rakatdan keyin namozni tugatsa, unga qayta to‘rt rakat namoz o‘qish vojib bo‘lmaydi. Chunki aslida nafl ikki rakatdir. Lekin ikkinchi rakatdan turib, uchinchi va to‘rtinchi rakatlarni o‘qimoqchi bo‘lsa, albatta ularga ham Fotihani va zam surani qiroat qilishi vojibdir... - tarj.) 17. Qa’dai oxirda tashahhud duosidan keyin salovotu Ibrohimiyyani o‘qish. 18. Oxirgi qa’dadagi salovotu Ibrohimiyyadan keyin Qur’on yoki hadisda kelgan duolardan birini o‘qish. 19. Namozdan chiqayotganda salomni o‘ng va chap yelkaga yuzlanganda berishlik. Mana buning barchasi sunnat hisoblanib, ulardan birini yoki ko‘prog‘ini tark etish bilan namoz buzilmasa-da, lekin Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlari bajarilmaganligi sababli namoz go‘zal suratda ado qilinmagan bo‘ladi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling