Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Namozning sunnatlari 1. Takbiri tahrima aytilayotganda erkak kishilar qo‘llarini quloqlarining yumshoqlari barobaricha, ayollar esa yelkalari barobaricha ko‘tarmoqlari. 2. Iqtido qiluvchining takbiri imomning takbiri bilan orqama-keyin bo‘lishi. 3. Erkaklar o‘ng qo‘llarini chap qo‘llarining ustiga qo‘yib, ikki qo‘lni ham kindik ostiga tashlab qo‘yishlari, boshbarmoq va jimjiloqni xalqa qilib, chap kaftning bo‘g‘inidan ushlashlari, ayollar esa o‘ng qo‘llarini chap qo‘llariga xalqa qilmasdan ko‘kraklarining ustiga qo‘yishlari. 4. Birinchi rakatda takbiri tahrimadan so‘ng sanoni, ya’ni «Subhonakallohumma...»ni maxfiy o‘qish. 5. Faqat birinchi rakatda Fotihadan oldin taavvuz, ya’ni «A’uzu...»ni o‘qish. 6. Fotihadan oldin har rakatda «Bismillah...»ni aytish. Taavvuz ham, «Bismillah...» ham maxfiy aytiladi. 7. Fotihadan so‘ng maxfiy qilib omiyn, deyish. «Omiyn»ni imom ham, imomga ergashuvchi ham va yolg‘iz o‘quvchi kishi ham maxfiy aytadi. 8. Bomdod bilan peshinda Fotihadan so‘ng qilinadigan zam suraning uzun mufassal suralardan bo‘lishi. Uzun mufassal suralar Hujurotdan Burujgacha. Asr bilan xuftonda o‘rtacha mufassal suralardan zam sura qilish. O’rtacha mufassal suralar Burujdan Bayyinagacha. Shomda qisqa mufassal suralardan zam sura qilish. Qisqa mufassal suralar Bayyinadan Nos surasigacha. (Qur’oni karim suralari uzun-qisqaligiga qarab to‘rtga bo‘linadi: 1. Uzun suralar (At-Tivol). Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, Anfol, Tavba, Yunus suralari uzun suralar jumlasidandir. Ular uzun bo‘lganligi uchun At-Tivol, deb nomlanadi. 2. Yuz oyatli suralar (Al-Miun). Bularga yuz oyatdan ko‘p yoki shunga yaqin suralar kiradi. Shuning uchun Al-Miun, deyiladi, ya’ni yuzliklar. 3. Al-Masoniy, ya’ni qayta-qayta o‘qiladigan suralar. Bularga yuz oyatga yetmagan suralar kiradi. Namozlarda asosan shu suralar ko‘p o‘qilganligi sabab ular takror aytiladigan suralar, ya’ni Al-Masoniy, deyiladi. 4. Al-Mufassal. Mufassal suralalar Hujurotdan Nos surasigachadir. Bu oraliq ham uchga bo‘linadi: A) Uzun mufassal. Bularga Hujurotdan Burujgacha bo‘lgan suralar kiradi. B) O’rta mufassal. Bularga Burujdan Bayyinagacha bo‘lgan suralar kiradi. V) Qisqa mufassalga Bayyinadan Nosgacha bo‘lgan suralar kiradi... - tarj.) 9. Ruku’ga ketishda takbir aytish, undan qaytishda «Samiallahu liman hamidah», deb, tik turganda «Robbana lakal hamd» bilan kifoyalanish. 10. Imom takbirlarni jahriy aytishi. Chunki iqtido qiluvchilarning imomga ergashishlari uchun jahriy takbirga hojati bor. Lekin iqtido qiluvchilar takbirni jahriy aytishmaydi, chunki bunga hojat yo‘q. (Agar jamoat katta bo‘lsa, imom jamoatning ichidan takbirni yetkazuvchini tayin qiladi. U imomning takbiridan so‘ng takbirni, «Samiallohu liman hamidah», deganidan keyin «Robbana lakal hamd»ni jahriy aytib turadi. Chunki bunga hojat bor. Uningnomi muballig‘, deyiladi... - tarj.) 11. Ruku’ga borganda ikki kafti bilan ikki tizzasining ko‘zini ushlab, belini bir tekis qilib, kamida uch marta «Subhona Rabbiyal a’zim», deyish. 12. Qiyomdan sajdaga borishda avval tizzani, keyin qo‘llarni, keyin burunni va Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling