Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
namozga nuqson yetadi, ya’ni buziladi...- tarj.) 
Sajda peshona qaror topadigan o‘ringa qilish bilan durust bo‘ladi. Peshona botib 
ketadigan paxta yoki bug‘doy xirmonida sajda qilishlik durust emas. 
6. Oxirgi qa’dada tashahhud miqdoricha o‘tirish. 
Mana shu ruknlardan qaysi biri tark bo‘lsa yoki buzilsa, namoz botil bo‘lib, uni qaytadan 
o‘qish farz bo‘ladi. 
 
Namozning vojiblari 
1. Fotiha surasini qiroat qilish. 
2. Farz namozlarining avvalgi ikki rakatida, nafl va vitrning hamma rakatida Fotihadan 
so‘ng zam sura o‘qish. Zam sura kamida qisqa oyatlardan uch oyat, uzun oyatlardan bir 
oyat bo‘lishi kerak. 
3. Zam surani Fotihadan keyin o‘qish. 
4. Ruku’da, qovmada (ya’ni, ruku’dan qaytib tik turishda), sajdalarda va ikki sajda 
oralig‘ida xotirjam bo‘lish. Bu o‘rinlarda xotirjam bo‘lish, deb a’zolarning o‘z bo‘g‘inlarida 
taskin topishiga aytiladi. 
5. Sajdada peshona bilan burunning birga bo‘lishi. 
6. To‘rt yoki uch rakatli namozlarning avvalgi ikki rakatidan so‘ng tashahhud duosini 
o‘qish miqdoricha qa’da o‘tirish. 
7. Avvalgi va keyingi qa’dada ham tashahhudni o‘qish. 
8. Avvalgi qa’dada tashahhudni o‘qib bo‘lgach, kechiktirmay uchinchi rakatga turish. 
Kechikish, deganda uch tasbehni aytish miqdoricha to‘xtab qolishga aytiladi. (Yoki 
tashahhuddan so‘ng o‘qiladigan salovotdan bir ma’noni ifodalaydigan miqdorda o‘qib 
bo‘lishga aytiladi. Agar «Allohumma solli ‘ala Muhammad», deb qo‘ysa, kechikkan 
bo‘ladi. Chunki bu kalimada to‘liq ma’no bor. Lekin «Allohumma solli ‘ala», desa-yu, 
uchinchi rakatga turish esiga tushib qolsa, u kechikkan hisoblanmaydi. Balki o‘rnidan 
turib, keyingi rakatnidavom ettirsa, vojibni tarketmagan bo‘ladi... - tarj.) 
9. Namozni ikki tomonga salom berish bilan tugatish. Salom yelkaga to‘la yuzlangach, 
beriladi. 
10. Jahriy o‘qiladigan namozlarni imom jahriy o‘qimoqligi va maxfiy o‘qish lozim 
bo‘lgan namozlarda qiroatni maxfiy qilmoqligi. Shom va xuftonning avvalgi ikki rakatida, 
bomdod va jumada, ikki hayit namozida, taroveh namozida va ramazon oyida 
o‘qiladigan vitrning barcha rakatida qiroatni imom jahriy qiladi. Ammo yolg‘iz o‘zi 
o‘qiydigan kishiga mazkur shom, xufton, bomdod, taroveh, ramazondagi vitr 
namozlarida qiroatni maxfiy yoki jahriy qilishlik ixtiyori beriladi. Lekin jahriy o‘qishi afzal 
bo‘ladi. Peshin va asrda, shom bilan xuftonning keyingi ikki rakatida, ramazondan 
boshqa paytlardagi vitrning barcha rakatlarida qiroatni imom ham, yolg‘iz o‘quvchi ham 
maxfiy qiladi. 
Ushbu zikr qilingan vojiblardan birini esdan chiqarib tark etgan kishiga namoz oxirida 
esdan chiqarganlik sajdasini qilish vojib bo‘ladi. Oxirgi qa’dada tashahhudni o‘qib, so‘ng 
o‘ng tomoniga salom beradi. Keyin ikki bor sajda qilib, yana tashahhud duosini va 
salovoti Ibrohimiyyani o‘qiydi, so‘ngra sunnatda sobit bo‘lgan duolarni aytib, ikki 
tomonga salom beradi. Mana shu bilan vojibni tark qilish orqali namozga yetgan 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
nuqsonning o‘rni to‘ldiriladi. (Namozdagi vojiblardan birini qasddan tark qilgan kishi 
namozini qaytaribo‘qib olishi ma’quldir... - tarj.)

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling