Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Allohumma Rabba hazihid da’vatit tommah vassolatil qoimati oti Sayyidana Muhammadanil vasiylata valfaziyla vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtahu»
- Jamoatning hukmi va hikmati
Muazzinga javob berish
Azon eshituvchilarga o‘zlarining har qanday amallarini, hatto Qur’on qiroatlarini ham to‘xtatib, azonga javob berishlari sunnatdir. Azonga javob qaytarish so‘z va amal bilan bo‘ladi: A) Muazzinning har bir chaqirig‘ini to‘la holda qaytarib aytishlik, «Hayya ‘alas solah» va «Hayya ‘alal falah»ga esa «La havla vala quvvata» kalimasini aytib javob berish so‘z bilan azonga ijobat qilish, deyiladi. B) Azonni eshitgan kishi masjidga jamoat bilan namozning avvalgi vaqtida o‘qimoq uchun yurishi azonga amal bilan ijobat qilish, deyiladi. Agar muazzinning azonini eshitgan kishi masjidga bora olmaydigan bo‘lsa, azonning hurmatini qilib eshitishi, so‘ng o‘zining muhim ishlarini qilishi lozim. Muazzin ham, azon eshituvchi ham azondan so‘ng Payg‘ambarimizga salovot aytib, keyin ushbu azon duosini o‘qiydi: «Allohumma Rabba hazihid da’vatit tommah vassolatil qoimati oti Sayyidana Muhammadanil vasiylata valfaziyla vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtahu» - («Ey bu komil duoning va qoim bo‘lgan namozning egasi Allohim, Muhammadga vasila va fazilat ber, u zotni va’da qilganing maqtovli maqomda tiriltir»). Azon bilan iqomat o‘rtasida qilingan har qanday duo ijobatdir. Demak, bu fursatni g‘animat bilmoq kerak. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 40 Jamoat namozi Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Jamoat namozi yolg‘iz namozdan, ya’ni yolg‘iz o‘quvchining namozidan yigirma yetti daraja ortiqdir», dedilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Jamoatning hukmi va hikmati Namozda imomga qo‘shilib kamida bir kishi yoki undan ko‘p xoh erkak, xoh ayol va xoh oq-qorani ajrata oladigan bola bo‘lsa, jamoat, deyiladi. Erkak uchun namozni jamoat bo‘lib o‘qish ta’kidlangan sunnatlardandir. Bu namoz yuqoridagi hadisda aytilganidek, yolg‘iz o‘quvchining namozidan afzal turadi. Shubha yo‘qki, barcha musulmonlar masjidlarda kuniga besh marotaba jam bo‘lib, o‘rtalarida o‘zaro yordamlashish va ulfatlashishni yo‘lga qo‘yadilar. Qalblari esa muhabbat rishtalari bilan bog‘lanadi. Kuchli zaif oldidagi burchini his qiladi, sog‘lom kasalning holidan xabardor bo‘ladi, boy kambag‘alga muruvvat qilib, katta kichikni o‘z yoniga oladi, savdogar dehqon bilan, amir esa miskin bilan bir safda yonma-yon turadi. Muhimi, hamma Allohning nazdida barobarligini tan oladi. Parvardigorlari huzurida faqat taqvo bilangina mukarram bo‘lish mumkinligini tushunib yetadi. Jamoat namozi tartib va intizomga muhabbat qo‘ydiruvchi, solih yo‘lboshchining buyruq va qaytariqlariga itoat ettiruvchi murabbiydir. Nima uchun bunday bo‘lmasin? Axir ular o‘zlarining imomlariga iqtido qiladilar, imomlari takbir aytsa, ular ham takbir aytadilar, ruku’ qilsa, ruku’ qiladilar, sajda qilsa, sajda qiladilar. So‘zda undan oldinga o‘tib ketmaydilar, amalda esa unga qarshi chiqmaydilar. Musulmonlarning jamoatini hosil qiladigan Alloh taoloning baytlari bo‘lmish masjidlardan ko‘ra ulug‘roq makon yana qaerda bor?! Musulmonlarning qalblarini bir-biriga ulfat etadigan jamoat namozidan o‘zga qulayroq yana nima bor?! Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling