Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Farz namozlarining jamoatiga yetishish
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Farz namozlarining jamoatiga yetishish
Kishi jamoatga kelsa, imom farz namozini o‘qiyotgan bo‘lsa, unga iqtido qiladi, so‘ngra farzdan oldingi o‘qilmagan sunnatni o‘qiydi, keyin esa farzdan keyingi sunnatni ado etadi. Ammo bomdod namozida imom farzni boshlagan bo‘lsa, sunnatni o‘qimagan kishi vaqtni chamalab ko‘radi. Imom farz namozini ado qilmay, sunnatni o‘qib, imom salom berishidan oldin yetib olishiga ko‘zi yetsa, jamoatdan uzoqroq joyda sunnatni o‘qib olib, keyin imomga iqtido qiladi. Biroq sunnatni o‘qisa-yu, jamoat namoziga yetib olishiga ko‘zi yetmasa, sunnatni tark qilib, imomga iqtido qiladi. Chunki jamoat namozi afzalroqdir. Agar bomdodning sunnati o‘qilmay qolsa, uning qazosi o‘qilmaydi. Bomdodning farzidan keyin namoz o‘qishlik makruhdir. Ammo shar’iy sababga ko‘ra, bomdodning farzi bilan sunnati qazo bo‘lib qolsa, quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilgach, farzdan oldin sunnatini ham o‘qiydi. (Shar’iy uzr, deb uxlab qolish yoki esdan chiqarib qo‘yishga aytiladi.) Demak, subhda sunnat o‘zi yolg‘iz qazo bo‘lsa, farzdan so‘ng o‘qilmaydi, ammo farzga qo‘shilib o‘qilmay qolgan bo‘lsa, quyosh nayza bo‘yi Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 42 ko‘tarilgandan so‘ng to peshin vaqtigacha sunnatiningham farzga qo‘shib qazosi o‘qiladi. Kishi agar o‘zi yolg‘iz bomdod kabi ikki yoki shom kabi uch rakatli namozga kirishsa-yu, jamoat namoziga takbir aytilsa, ya’ni imom namozga kirishsa, birinchi rakatni o‘qib, ikkinchi rakatga sajda qilmagan bo‘lsa, namozini buzib imomga iqtido qiladi. Ammo ikkinchi rakatni ham sajda qilish bilan o‘qib qo‘ygan bo‘lsa, endi bu namozni buzmaydi, balki yolg‘iz holda oxiriga yetkazib qo‘yadi. Agar yolg‘iz o‘quvchining namozi peshin, asr, xufton namozlaridek to‘rt rakatli bo‘lsa, birinchi rakat sajdasini qilmagan bo‘lsa, namozini buzib, imomga iqtido qiladi, ammo birinchi rakat sajdasini qilgan bo‘lsa, ikkinchi rakatni ham ado qilib, ikki tomoniga salom beradi va jamoatga qo‘shiladi. Agar ikki rakatni ham tugatib, uchinchi rakatga turgan bo‘lsa, tik turgan holida ikki yelkaga salom berib, namozini to‘xtatadi va jamoatga ergashadi. Agar uchinchi rakat sajdasini ham ado qilgan bo‘lsa, endi namozni o‘zi yolg‘iz holida tugatadi, jamoat namozini esa tark etadi. Nafl namozlaridan biriga kirishgan kishi esa takbir aytilib, imom farzni boshlagan bo‘lsa ham, ikki rakatni ado etmay turib namozni buzmaydi. (Agar u to‘rtrakatli naflga niyat qilgan bo‘lsa-da, ikki rakat bilan naflni ado qiladi va imomga ergashadi.) Agar kishi juma namozining sunnatini boshlagan bo‘lsa, imom xutba uchun minbarga ko‘tarilsa, u namozni buzmaydi, balki qiroatni yengilroq qilib tugatadi. Peshin namozining sunnatini boshlagan kishi jamoat namoziga yetish uchun avvalgi ikki rakatni tugatib salom beradi va imomga iqtido qiladi. Farzni o‘qib bo‘lgach, avval to‘rt rakatli qazo bo‘lgan sunnatni, keyin esa ikki rakatligini o‘qiydi. Farzdan oldingi ikki rakat nafl bo‘ladi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling