Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Imomlik va jamoatning shartlari
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Imomlik va jamoatning shartlari
1. Balog‘atga yetgan bo‘lmoqligi. Balog‘atga yetgan kishining go‘dakka iqtido qilishi durust emas. 2. Erkak kishi bo‘lmoqligi. Ayol kishi erkak kishiga imom bo‘lmoqligi durust emas. Ammo ayol ayollar jamoasiga imom bo‘lib, namoz o‘qishligi makruh bo‘lsa-da, durustdir. (Bunda imom bo‘lgan ayol erkaklar kabi oldinda ajrab turmaydi, balki qolganlar bilan safda barobar bo‘lib turadi... - tarj.) 3. Imomning qiroati namozni buzmaydigan darajada tajvidli bo‘lishi, lekin iqtido qiluvchilar ichida qori bo‘lsa, o‘sha imomlikka o‘tishi yaxshi. 4. Imomning siydik tomib turishi, yel chiqib turishi, doimiy qon oqib turishi kabi uzrli holatlardan salomat bo‘lmoqligi. Uzrli kishi haqidagi masalalar tahorat hukmlari haqidagi bobda gapirib o‘tildi. 5. Imomning o‘zi imomga iqtido qilgan bo‘lmasligi, agar u masbuq bo‘lsa ham. Masbuq, deb imomga bir yoki undan ko‘proq rakat kechikib iqtido qilgan, imom salom bergach Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 41 esa, o‘rnidan turib kechikkan rakatlarini o‘qiyotgan kishiga aytiladi. Demak, imomga iqtido qilgan kishiga iqtido qilish durust bo‘lmaganidek, masbuqqa ham iqtido qilmoq joiz emas, chunki u masbuq ham iqtido qiluvchi hukmidadir. 6. Imomga iqtido qiluvchi safda imomdan oldinga o‘tib ketmasligi. Bu ham iqtidoning shartlaridandir. 7. Iqtido qiluvchining imomga ergashishni niyat qilishi. Ammo imom o‘zining imomligini niyat qilishi sunnat hisoblanadi. Agar imom ayollarga imomlik qilsa, ularga imomlik qilayotganini niyat qilishi vojibdir. Chunki shu niyat bilan imomga iqtido qilgan ayollarning namozi durust bo‘ladi. Bu masalaga biz yuqorida ishora qildik. 8. Imomning holati iqtido qiluvchining holati bilan muvofiq bo‘lishi. Farz namozni o‘quvchi nafl o‘qiyotgan kishiga, ruku’, sajdaga qodir kishi imo-ishora bilan o‘quvchiga, bir farzni o‘qiydigan kishi boshqa farzni o‘qiyotganga iqtido qilmoqligi durust bo‘lmaydi. Shuningdek, qiroati tajvidli odamning tajvidsiz kishiga, olimning omiga, kiyimli kishining yalang‘ochga iqtido qilishi joiz emas. Lekin tayammum qilgan kishi tahoratlilarga, mahsiga yoki yarasiga mash tortgan kishi mash tortmay oyoqlarini yuvgan kishilarga imom bo‘lishi durustdir. 9. Imom bilan ergashuvchi kishining namozlari har xil bo‘lmasligi. Masalan, asr namozini o‘qiyotgan imomga peshin namozini niyat qilib iqtido qilsa yoki juma kunining asr namozini o‘qiyotgan kishiga payshanba kunining asr namozini niyat qilib iqtido qilsa, namozi durust emas. 10. Imom bilan iqtido qiluvchi erkaklarning oralarini to‘rt yoki undan ko‘proq ayollar ajratib qo‘ymasligi. Agar imom bilan unga iqtido qiluvchi kishilarning o‘rtasiga ayollardan saf turib qolsa, shular ortidagi erkaklarning namozlari buziladi. 11. Imom bilan imomga ergashuvchining o‘rtasida kengligi kichik qayiq sig‘adigan miqdorda anhor bo‘lmasligi yoki arava o‘tadigan kenglikda yo‘l bo‘lmasligi. Imomning nima qilayotganini imomga ergashuvchidan to‘sib, uni imom ahvolidan shubhaga soladigan to‘siqning bo‘lmasligi. Agar shu narsalar bo‘lsa, ergashuvchining iqtidosi durust bo‘lmaydi. (Ammo imomga ergashuvchi imomni ko‘rib tursa yoki ovozini eshitib tursa hamda bir masjid hovlisida bo‘lsa, oradagi to‘siqlarningzarari yo‘q... - tarj.) 12. Imomga ergashuvchi imomning tahoratini singan, deb bilmasligi ham shart. Imomning tahoratsizligini, masalan, qon oqqani yoki boshqa narsani bilgan kishining shu imomga iqtido qilmoqligi joiz emas. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling