Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 Imomga iqtido qiluvchi qanday turadi? Agar imomga ergashuvchi kishi yoki oq-qorani ajratuvchi go‘dak bo‘lsa, imomning yonida turgani ma’qul. Ammo iqtido qiluvchi o‘ng yonida imomning tavoniga o‘zining oyoq uchini barobar qilib turadi, ayol esa imomning bir saf orqasidan iqtido qiladi. Shu suratda go‘dak ham kishining misolida. Agar jamoatga erkaklar, go‘daklar va ayollar to‘plangan bo‘lsa, imom orqasidan avval erkaklar, keyin go‘daklar, so‘ngra ayollar saf turishadi. Agar go‘dak yolg‘iz bo‘lsa, erkaklar uni o‘z oralariga oladilar. Imom jamoatning o‘rtasida turmoqligi lozim. Agar u jamoatning o‘ng yoki chap tomoniga turib olsa, sunnatga xilof qilganligi sababli gunohkor bo‘ladi. Lekin joy tor bo‘lib, jamoatning o‘rtasida turish imkoni bo‘lmasa, u uzrli hisoblanadi va qodir bo‘lgan o‘rinda imomlikka turadi. Jamoatga bormasa bo‘ladigan uzrlar: 1. Qattiq yomg‘ir; 2. Qattiq sovuq; 3. Ko‘chaning aziyat yetkazadigan darajada loy bo‘lishi; 4. Og‘ir kasal bo‘lishi yoki xizmatkorga muhtoj og‘ir kasalning xizmatida bo‘lish; 5. Bir zolimning uning joniga nisbatan zulm qilishidan yoki fitna sodir etishidan xavfsirash; 6. Ko‘zining ko‘rmasligi yoki yura olmasdan o‘tirib qolganligiga o‘xshash sabablar bilan ojiz bo‘lib qolish. Shu kabi sababli uzrlar bilan jamoat namoziga bora olmay qolgan kishiga gunoh bo‘lmaydi. Lekin shu uzrlar bo‘la turib ham, imkon topib jamoat namoziga qatnashgan kishining ajri ziyodalashadi. Kishi yuqoridagi sababli uzrlar bilan jamoat namoziga bora olmasa-yu, qalbidan shu holatiga iztirob cheksa, agar mana shu uzr bo‘lmaganda jamoat namoziga albatta borar edim, deb niyat qilsa, unga jamoat bilan namoz o‘qiganlik savobi umid qilinadi. Masjid odoblari: 1. Masjidga o‘ng oyoq bilan kirib, chap oyoq bilan chiqish; 2. Kirish-chiqishda sunnatda vorid bo‘lgan ma’sur duolarni o‘qish. Masjidga kirayotgandagi duo: «Bismillahi, allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadin va ‘ala olihi va sahbihi va sallam. Allohumma iftah liy abvaba rohmatika». (Ma’nosi: «Allohning ismi bilan boshlayman. Allohim, sayyidimiz Muhammad alayhissalomga va u zotning oila a’zolariga hamda sahobalariga salovot-u salomlar bo‘lsin. Allohim, menga rahmat eshigingni ochgin».) Masjiddan chiqayotgandagi duo: «Bismillahi, allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadin va ‘ala olihi va sahbihi va sallam. Allohumma inniy as’aluka min fazlika». (Ma’nosi: «Allohning ismi bilan boshlayman. Allohim, sayyidimiz Muhammad alayhissalomga va u zotning oila a’zolariga hamda sahobalariga salovot-u salomlar bo‘lsin. Allohim, men Sendan fazlingni so‘rayman».) 3. Masjidga kirganda namoz o‘qish makruh bo‘lmagan vaqt bo‘lsa, ikki rakat tahiyyotul masjid namozini o‘tirmasdan oldin o‘qib olish; 4. Masjidga tahoratli kirib, o‘zini turli najosatlardan pok tutish; 5. Imom odamlarga masjidda va’z-irshod qilib, ularga ta’lim berayotgan bo‘lsa, ovozini Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling