Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 ko‘tarmaslik; 6. Xutba o‘qilayotganda jim turish. Chunki xutbaga quloq solib, diqqatini berib turish vojibdir; 7. Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan kesib o‘tmaslik, xususan, juma kunlari odamlarning yelkalaridan oshib oldingi safga yorib o‘tmaslik lozim. Chunki bular haromga yaqin makruhlardandir; 8. Poklikka rioya qilish; 9. Masjidga badbo‘y hid bilan kirmaslik. Misol uchun piyoz, sarimsoq, nos, sigaret kabi narsalarni iste’mol qilib, so‘ng masjidga kirsa, o‘zidan kelayotgan sassiq hid bilan namozxonlarga ozor beradi. Bu ham haromga yaqin makruhlardan hisoblanadi; 10. Masjidda viqor va osoyishtalik bilan yurmoqlik. Xovliqish va shoshqaloqlikdan saqlanish lozim. Agar jamoatga yoki biror rakatga kech qolayotgan bo‘lsa ham, shoshilmaslik darkor. Sekin-astalik bilan jamoatga kelib qo‘shiladi (eta olmagan rakatlarini yuqorida bayon qilganimizdek o‘qib qo‘yadi); 11. Safardan qaytgan kishining ham dastlab masjidga tushishi masjid odoblaridandir. Masjidda bajarish makruh bo‘lgan amallar Ular quyidagilardir: 1. Masjidning ichidan uzrsiz yo‘l qilib olish makruh. 2. Masjidda uxlash makruh, ammo e’tikof o‘tiruvchi yoki joyi yo‘q musofirning masjidda uxlashi makruh emas. 3. E’tikof o‘tiruvchi kishilardan boshqalar uchun masjidda ovqatlanish makruh; 4. Zikr-tasbehlarda ovozni ko‘tarib namozxonlarga xalaqit berish yoki uxlaganlarni uyg‘otib yuborish makruh. Agar namoz o‘qiyotgan kishiga xalaqit bermasa, uxlab yotganlarni uyg‘otib yubormasa, masjidda jahriy Qur’on o‘qib, Allohni zikr qilishlik afzaldir. Chunki jahriy zikrda zokirning qalbi uyg‘oq turadi, uyqusi qochib, ibodatni sergaklik bilan ado etadi. 5. Masjidga dunyo ishlaridan bo‘lgan gap-so‘zlarni gaplashish uchun kirishlik makruh; 6. Masjidda oldi-sotdi qilishlik makruh. 7. Tahoratini ushlab turolmaydigan, masjidni najosat qilib qo‘yish ehtimoli bo‘lgan go‘daklarning ham masjidga kirishi makruh. 8. Masjidga tupirish va burun qoqish ham makruh. 9. Yo‘qotgan narsasini masjidda e’lon qilish ham makruh. 10. Masjidda she’r aytish ham makruh. Ammo haqqa da’vat qilishlik, hikmatli so‘zlar bilan Allohning ne’matini eslatish, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sifatlarining zikri, taqvodorlarning sifatlari va shunga o‘xshash mavzular bo‘lsa, shu she’rdan da’vat asnosida foydalanish yaxshidir. 11. Masjid ichida tilanchilik qilish yoki tilanchiga pul berish ham makruh. 12. Masjidda tahorat qilish ham makruh. Ammo masjid hovlisida alohida tahorat uchun joy tayyorlangan bo‘lsa, u yerda tahorat qilish makruh emas. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling