Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
qilinadigan ibodatlarning afzalrog‘i masjidda bo‘lganligidir. Taroveh namozining vaqti 
chiqib ketsa, qazosi o‘qilmaydi. Chunki qazo farz va vojib amallargagina xoslangandir. 
Mabodo, biror kishi tarovehning qazosini o‘qisa ham, u mutlaq nafl namozlar jumlasiga 
kirib ketadi, baribir tarovehning o‘rniga o‘tmaydi. Taroveh namozi ramazon oyidagi 
sunnatlardan hisoblanadi, ro‘zaning sunnatlaridan emas. Shu sababli taroveh namozini 
o‘qish musofir uchun, ro‘za tutmagan uzrli kasal uchun ham sunnat bo‘ladi. Ma’lumki, bu 
kishilarga ro‘za tutish shart emas edi. Shu bilan birga hayz va nifos ko‘rayotgan ayollar 
ham agar kunning oxirida pok bo‘lishsa, tarovehni o‘qimoqlari sunnat hisoblanadi. 
9. Oy yoki quyosh tutilganda o‘qiladigan namoz. Quyosh tutilgan vaqtda ikki yoki to‘rt 
va yo undan ko‘proq namoz o‘qish sunnatdir. Afzali bir yoki ikki salom bilan to‘rt rakat 
o‘qimoqlikdir. Kamida esa ikki rakatli nafl namoz ko‘rinishida o‘qiladi. Bu namoz jamoat 
bo‘lib, azon va iqomatsiz, qiroatni jahriy qilmay va xutba o‘qimasdan ado qilinadi. 
Insonlarni jamoatga to‘plash uchun jamoat namoziga, deb chaqiriladi. 
Quyosh tutilganda o‘qiladigan namozni juma namozida imomlik qiladigan kishi imom 
bo‘lib o‘qib berishi lozim. Agar u bo‘lmasa, sultonning ruxsati bilan tayin qilingan kishi 
o‘qib berishi kerak. Agar bular ham bo‘lmasa, insonlar o‘zlari yolg‘iz-yolg‘iz bo‘lib, o‘z 
manzillarida o‘qishadi. Ushbu namozning birinchi rakatida Fotihadan so‘ng Baqara surasi 
kabi uzun, ikkinchi rakatida Oli Imron surasi kabi uzun qiroatni zam qilishlik sunnatdir. 
Agar rakatdagi qiroatlarni yengil qilsa, namozdan keyingi duoni uzun qiladi. Hadisi 
sharifda kelishicha, muhimi insonlar quyosh tutilgan vaqtda namoz va duo bilan 
mashg‘ul bo‘lishlari kerak. Agar qiroatni uzun qilsalar, duoni qisqa qiladilar, duoni uzun 
qilsalar, qiroatni qisqa qiladilar. Toki quyoshning tutilishi yo‘qolguncha namoz va duoga 
mashg‘ul bo‘ladilar. Ruku’-sajdalarni ham behad uzun qilishadi. Imom qiblaga yuzlanib 
o‘tiradi va xohlagancha duo qiladi, odamlar esa duoga qo‘l ochib omiyn, deb turadilar. 
Oy tutilganda o‘qiladigan namoz ham xuddi quyosh tutilganda o‘qiladigan namoz kabidir. 
Lekin bu namozni o‘qish mustahab bo‘lib, uni masjidda yig‘ilib, jamoat holida o‘qish 
shariatda yo‘lga qo‘yilmagan, balki har kim o‘z uyida yolg‘iz-yolg‘iz bo‘lib ado qiladi. 
Quyosh va oy tutilganda o‘qiladigan namozlar biror dahshatli voqea sodir bo‘lganda ham 
o‘qiladi. Misol uchun qattiq zilzilalar, bir voqea sabab ko‘pchilikning o‘lib ketishi, shiddatli 
shamollar, kunduz kuni atrofni qo‘rqinchli qorong‘ulik o‘rab olishi va shu kabi vahimaga 
soladigan hodisalar sodir bo‘lishi bilan namoz o‘qish, gunohlardan chetlanish, insonlar 
o‘zlarini to‘g‘rilashlari va najot topishlari uchun sabab bo‘ladigan ibodatlarga qaytishlari 
odatiy holdir. Ibodatlardan uzoqlashib, gunoh ko‘chasiga kirib qolgan bandani Rabbisiga 
qaytarib, Unga yaqinlashtiradigan eng yaxshi ibodat bu namozdir. 
10. Yomg‘ir so‘rab o‘qiladigan namoz. Bu namozning nomi istisqodir. Istisqo namozi, deb 
suvga muhtoj bo‘lib qolinganda Alloh taolodan bandalarining yomg‘ir talab qilib 
o‘qiladigan namoziga aytiladi. Buni yashayotgan o‘rinlarining suvidan ekinlari-yu 
hayvonlarini sug‘orib turgan, daryo-yu anhor va buloqlari bo‘lmagan odamlar o‘qishadi. 
Mabodo, anhor va buloqlari bo‘lsa ham, ehtiyojlariga yetmayotganligi sababli ushbu 
namoz o‘qiladi. Istisqo namozi xuddi ikki hayit namozi kabi ado qilinadi, lekin bunda 
zoida takbirlar aytilmaydi. Namoz o‘qib bo‘lingach, yerda o‘zaro turib ikkita xutba o‘qish 
mustahab amallardandir. Ammo hayit namozlaridek minbarga chiqib xutba o‘qish 
makruhdir. Hayit namozidagi xutba takbirlari o‘rniga imom istig‘for aytadi. Ikki 
xutbaning o‘rtasini bir oz o‘tirishlik bilan ajratadi. Imomning xutba mobaynida qibla 
tomonga yuzlanib turishi mandubdir. Xutbadan bir oz keyin imom kiyimini teskarisiga 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling