Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Nafllarga tegishli hukmlar


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

Nafllarga tegishli hukmlar 
Kunduzgi nafl namozlarini to‘rt rakatdan, kechqurungi nafllarni esa ikki rakatdan 
o‘qishlik sunnat amallardandir. Qiyom turishga qodir bo‘la turib o‘tirgan holda nafl 
namozlari o‘qish joiz, lekin savobning yarmiga erishadi. Ammo tik turib o‘qishga qodir 
bo‘lmagan kishining ajri tik turib o‘qigan kishining ajri bilan barobar bo‘ladi. O’tirib 
o‘qiydigan kishi agar uzri bo‘lmasa, boshqa namozlardagi tashahhud o‘qiyotgan kishidek 
chap oyog‘i ustiga o‘tirib, o‘ng oyog‘ini tik qiladi. Nafl o‘qishga kirishgan kishining 
namozi agar ikki rakatni to‘liq tugatmay turib buzilsa, uning qazosini o‘qib qo‘yishi vojib 
bo‘ladi. (Agar u to‘rt rakatni niyat qilgan bo‘lsa ham, ikki rakatni qazo qilsa, kifoyadir. 
Zero, mutlaq nafl namozlari aslida ikki rakat bo‘ladi. Misol uchun bir kishi to‘rt rakat 
naflni niyat qilib namozga kirishsa-yu, farzga takbir aytib yuborilsa, u kishi naflni ikki 
rakat qilib tugatadi-da, farzga qo‘shiladi. So‘ngra to‘rt rakatli naflni qaytarib o‘qimaydi. 
Chunki u aslida mutlaq naflni qazo qilmagan, balki ado qilgan hisoblanadi... -tarj.) 
Nafl namozlarini o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar 
Shunday vaqtlar borki, unda nafl namozlarini o‘qish makruhi tahrimiy, ya’ni haromga 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
yaqin makruh hisoblanadi. 
1. Subh vaqti kirgandan to bomdod o‘qilgunga qadar mutlaq nafl namozlarini o‘qish 
makruhi tahrimiydir, faqat subhning ikki rakat sunnatini o‘qishga ruxsat bor. 
2. Bomdod o‘qilgandan to quyosh chiqqunga qadar. Bu fursatda umuman nafl 
namozlari o‘qilmaydi, garchi namozxon bomdodning yolg‘iz sunnatini qazo qilgan bo‘lsa 
ham. Chunki subhning sunnatining yolg‘iz o‘zini o‘qiy olmagan kishi keyin qazosini 
o‘qimaydi. Agar farzini qo‘shib ado qilmaganda edi, quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilgach, 
ikkisining qazosini o‘qigan bo‘lar edi. Buning masalasi yuqorida o‘tdi. 
3. Quyosh chiqib to bir nayza miqdori ko‘tarilguncha. Quyosh taqriban yarim soat 
chamasida bir nayza miqdorida ko‘tariladi. 
4. Quyosh tikkaga kelgandan to zavolga oqquncha vaqt oralig‘ida ham mutlaq namoz 
o‘qish joiz emas. 
5. Asr namozidan to shom namozini o‘qib bo‘lgunga qadar ham nafl namozlarini o‘qish 
makruhdir. 
6. Imom xutba o‘qish uchun minbarga chiqqan vaqtda ham namoz o‘qish joiz emas. 
Imom xoh juma xutbasiga chiqqan bo‘lsin, xoh yomg‘ir talab qilinayotgandagi xutba 
bo‘lsin, xoh boshqasi bo‘lsin baribir o‘sha fursatda namoz o‘qish durust emas. (Bizning 
diyorlarda imom juma kunlari avval amru ma’ruf, nahiy munkar qiladi va so‘ng juma 
namozidan oldin xutba o‘qish uchun minbarga chiqadi. Namoz o‘qish joiz bo‘lmagan vaqt 
shu imom minbarga ko‘tarilgan fursatdir. Ammo imom xutbadan oldin da’vat qilayotgan 
bo‘lsa, masjidga kelgan namozxon imom turgan xonadan boshqa o‘rinda, tahiyyotul 
masjid namozini o‘tirmasdan oldin o‘qib olishi durust bo‘ladi...-tarj.) 
Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisi sharifda kelgan voqea esa 
Payg‘ambarimizning hikmatlariga dalolat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) xutba o‘qib 
turganlarida bir kishi kelib o‘tirdi. Payg‘ambarimiz unga qarab: «Ey falonchi, namoz 
o‘qidingmi?» deb so‘radilar. U: «Yo‘q», dedi. Rasululloh unga: «Turib namoz o‘qib ol», 
dedilar». Ushbu hadisni imom Shofe’iy va Hanbaliylar (r.a.) juma kunida, hatto imom 
xutba o‘qiyotgan bo‘lsa ham, tahiyyotul masjidni o‘qish joizligiga dalil qilib keltirishadi. 
Bizning hanafiya mazhabimiz va molikiy mazhabining ulamolari esa ushbu hadisni 
bunday tushuntirishadi: «Hadisda zikr qilingan shaxs Sulayh (r.a.) bo‘lib, u kishi 
nihoyatda kambag‘al edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning ahvolini masjiddagi boshqa 
odamlarga ko‘rsatib qo‘yish uchun unga turib ikki rakat namoz o‘qishni buyurdilar. 
Maqsad esa boylar Sulayhning ahvolidan xabardor bo‘lib, unga sadaqa qilishi uchun 
edi». Darhaqiqat, shu hikmat ro‘yobga chiqqan, bunga boshqa yo‘llar bilan kelgan hadis 
dalolat qiladi. Payg‘ambarimizning Sulayhga (r.a.) qilgan buyruqlari esa faqat uning 
o‘ziga xos bo‘lgan, maqsad yuqorida zikr qilganimizdek, sadaqa qilishga insonlarni 
dalolat qilib qo‘yish edi. 
(Tahiyyotul masjid namozining shartlaridan biri uni masjidga kirgan kishi o‘tirmasdan 
o‘qishligidir. Agar kishi namoz o‘qimasdan o‘tirib olsa, undan tahiyyotul masjid namozi 
soqit bo‘ladi. Bu xususda ochiq hadislar rivoyat qilingan. Yuqoridagi hadisda esa Sulayh 
(r.a.) masjidga kirib o‘tirgan edi. Uni turib namoz o‘qishga buyurdilar. Buesa maqsadni 
yanada ravshanlashtiradi. Chunki Sulayhdan tahiyyotul masjid namozi soqit bo‘lgan 
edi... - tarj.) 
7. Muazzin farz namoziga takbir aytayotganda ham nafl namozi o‘qish makruhdir. 
Faqat bomdod namozida sunnatni o‘qib, farzga yetib olishiga ishonsa, shu sunnatni 
takbir aytilayotgan vaqtda ham o‘qishlik joiz bo‘ladi. Shunda sunnatni imomdan uzoqroq 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling