Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
55 yerda yoki boshqa xonada o‘qib oladi. Muhimi, sunnatni o‘qib olib, farzga yetib olsa bo‘ldi. 8. Masjidda hayit namozidan oldin ham, keyin ham nafl namozi o‘qish makruh. 9. Hojilar Arafotda peshin bilan asrni peshin vaqtida jamlab o‘qishadi, bu jam’i taqdim, deyiladi. Shu paytda ikki jam qilinayotgan namoz o‘rtasida ham nafl namozlarni, hatto peshinning sunnatlarini ham o‘qishlik makruhdir. Muzdalifada esa shom bilan xuftonni hojilar xufton vaqtida jam qilib o‘qishadi. Bu jam’i ta’xir, deyiladi. Shu ikki jam qilinayotgan namozning o‘rtasida ham, garchi shomning sunnati bo‘lsa-da, o‘qish makruhdir. 10. Farz namozlaridan birortasining vaqti tor bo‘lib qolgan bo‘lsa ham, nafllarni o‘qish makruh hisoblanadi. (Agar vaqt tor bo‘lib qolgan bo‘lsa, azon va takbir ham, hatto bomdodning sunnati ham tark qilinadi va farz qazo qilmay o‘qiladi. Ammo tahoratni vaqt tor bo‘lib qolganligi bilan tark qilib, tayammum bilan namoz o‘qilmaydi. Misol uchun bir quduq atrofida ikki yuzta sog‘lom odam bo‘lib, lekin quduqdan suv olish uchun yagona idishlari bor bo‘lsa, xolos. shu odamlarning har birlari tahorat qilib namoz o‘qimoqchi bo‘lishsa, farzning vaqti chiqib ketadi. Xo‘sh! Nima qilish kerak? Tahorat qilganlar qilib, qolganlar tayammum bilan namozni vaqtida o‘qib oladilarmi? Yo‘q! Balki vaqt o‘tib ketsa ham, tahorat qilib, keyin namoz o‘qishadi. Chunki tayammum qilishlikuchun buo‘rinda shart topilmayapti... - tarj.) 11. Xoh oldi, xoh orqa hojatlarini majburan ushlab turib namoz o‘qish makruhdir. Shuningdek, qorin dam bo‘lganda ham yelni majburan ushlab o‘qilgan namoz makruh hisoblanadi. 12. Xuddi shuningdek, yana xushu’ni ketkazadigan har qanday muhim ish hozir bo‘lgandagi o‘qilgan namozlar makruh bo‘ladi. Nihoyatda och qolgan yoki chanqagan kishiga ovqat yoki suv olib kelinsa, o‘z nafsini qondirib olib, keyin namozga turishi kerak. Yana qattiq charchagan kishi ham biroz dam olib, so‘ng namoz o‘qishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar shu yuqorida eslab o‘tilgan vaqtlarda nafl namozlar o‘qilsa, makruhi tahrima bilan ado topadi. Kimki ushbu paytlarda namozni boshlab qo‘ysa, uni buzib namoz o‘qishlik makruh yoki harom bo‘lmagan boshqa vaqtlarda uni o‘qishligi ma’quldir. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling