Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Namozda ikkilanib qolishlik


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

Namozda ikkilanib qolishlik 
Agar namozxon namozining rakatlarida shakka tushib qolsa va ushbu shaklanishi 
birinchi bo‘layotgan bo‘lsa, namozini buzib yangidan o‘qiydi. 
(Ulug‘ imomlardan birining shogirdi ahli so‘fiylardan bo‘lgan kishiga savol qilib: «Taqsir, 
agar kishi namozining rakatlarida «Ikkinchi rakatmidi yoki uchinchisi edimi?» deb 
shaklansa, nima qilishi kerak?» deb so‘raganlarida, so‘fiy unga qarab: «Ulug‘ Rabbisining 
huzurida bo‘la turib shaklanadigan unday g‘ofil qalbni muolaja qilish kerak», debjavob 
bergan ekan... - tarj.) 
Albatta, namoz o‘quvchi imkon qadar xushu’ni hosil qilishga intilishi kerak bo‘ladi. Lekin 
shaklanish unda doim bo‘layotgan bo‘lsa, endi namozini buzmaydi, balki gumoni g‘olib 
bo‘lgan tomonini hisobga olib, namozini davom ettiradi. Ammo gumoni bir tomonga 
g‘olib bo‘lmasa, unda shaklangan rakatining ozini e’tiborga oladi. Misol uchun «Uchinchi 
rakatmi yoki to‘rtinchi rakatmi?» deb shaklangan bo‘lsa, uchinchi rakat edi, deb 
hisoblaydi va o‘sha rakatda o‘tirib, tashahhud o‘qishligi vojib bo‘ladi. Chunki u to‘rtinchi 
rakat ham bo‘lishi mumkin-da. Keyin yana o‘rnidan turib to‘rtinchi rakatni o‘qiydi va 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
oxirida sajdai sahv qiladi. Xuddi shu ko‘rinishga birinchi va ikkinchi rakatda yoki ikkinchi 
va uchinchi rakatlarda shaklanib gumoni g‘olib bo‘lmasa ham amal qilinadi. Misol uchun 
to‘rt rakatli peshin namozini o‘qiyotgan kishi birinchi va ikkinchi rakatda ikkilanib qoldi. 
U nima qiladi?
Bunda u birinchi rakat, deb ozini hisobga oladi, ikkinchi rakatni ham o‘qib o‘rtadagi 
avvalgi vojib qa’dani o‘tiradi. So‘ng uchinchi rakatga turib, uni ado qiladi-da, yana qa’da 
o‘tiradi, chunki bu to‘rtinchi rakat bo‘lishi mumkin. Keyin yana turib, biz to‘rtinchi rakat, 
deb e’tiborga olgan rakatni o‘qiydi va namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Demak, gumoni 
g‘olib tomoniga amal qilib ketsa, sajdai sahv qilmas ekan. Lekin gumoni g‘olib bo‘lmasa, 
shaklangan rakatlarining ozini e’tiborga olib, uchinchi rakatdan so‘ng albatta qa’dai 
oxirni o‘tirar ekan. Chunki u to‘rtinchi rakatni o‘qiyotgan bo‘lishi ham mumkin. To‘rtinchi 
rakatdan so‘ng qa’dai oxirni o‘tirmasa, ma’lumki, farz namoz naflga aylanib ketadi. 
Shuning oldini olish uchun shaklangan kishi albatta uchinchi rakatdan so‘ng o‘tirib, 
tashahhudni o‘qiydi va keyin kam tomonini hisobga olganligi sababli to‘rtinchi rakatga 
ham turib, uni ado qiladi. Bu yanglishmovchilikning barini sajdai sahv bilan to‘ldirib 
qo‘yadi. 
Kimki rakatning adadida ikkilanib, uni topish uchun uch tasbeh miqdoricha o‘ylanib turib 
qolsa ham, namoz oxirida ruknni kechiktirganligi uchun sajdai sahv qiladi. 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling