Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Esdan chiqarganlik sajdasi
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Esdan chiqarganlik sajdasi
Esdan chiqarganligi uchun qilinadigan sajda sajdai sahv, deyiladi. Uni bajarishning o‘ziga xos sabablari bor: 1. Agar namoz ruknlaridan biror ruknni esdan chiqarib kechiktirsa, sajdai sahv qiladi. Misol uchun namozni boshlab sano duosini o‘qigandan so‘ng qiroatni bir ruknni ado qilish miqdoricha o‘qimay kechiktirsa yoki qiroatni qilib bo‘lib, ruku’ qilishni kechiktirsa, yoyinki birinchi rakatni o‘qib bo‘lib, sajda qilgandan so‘ng ikkinchi rakatga turishni bir rukn ado qilish miqdoricha kechiktirsa va shu kabi ruknlarni kechiktirish sababi bilan sajdai sahv qilinadi. Bir rukn uch tasbeh yoki bir oyat uzun va yo uch oyat qisqa miqdoricha belgilanadi. 2. Namozdagi vojiblardan birini esdan chiqarib tark qilsa ham, sajdai sahv qiladi. Misol uchun surai Fotihani yoki undan keyingi surani, to‘rt rakatli yoki uch rakatli namozlardagi avvalgi qa’dani tark qilsa, sajdai sahv qiladi. Qa’daning avvalida o‘tirishlik farzda ham, nafl namozlarida ham vojibdir. Kimki avvalgi qa’dada o‘tirmay, qiyomda to‘liq turib ketsa, namozini davom ettiradi va namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Chunki u vojibni tark qildi. Vojib tark bo‘lsa, uning o‘rni sajdai sahv bilan to‘ldiriladi. Agar shu qiyom holatiga turgandan so‘ng o‘rtadagi qa’dada o‘tirmaganligi esiga tushib qolsa-yu, keyin namozini davom ettirmay o‘tirsa, gunohkor bo‘ladi. Chunki u farzdan vojibga qaytgan hisoblanadi. Ba’zi ulamolar namoz buziladi ham, deyishadi, lekin namozi buzilmasa-da, sajdai sahv qiladi. Ammo avvalgi qa’dani o‘tirmasdan qiyomga turib ketmoqchi bo‘lsa-yu, qa’da o‘tirish kerakligi esiga tushib qolsa, o‘sha holatiga qaraydi, agar qa’daga yaqin bo‘lsa, o‘tiradi, tashahhudni o‘qib, keyin uchinchi rakatga turadi. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 57 Sajdai sahvni esa qilmaydi, lekin qiyomga yaqin bo‘lsa, qa’dani tark qiladi-da, qiyomga turadi va namozining oxirida sajdai sahv qiladi. Namozdagi vojiblarni tark qilishlar jumlasiga vitr namozidagi qunut duosini o‘qimay, ruku’ga borib qolish ham kiradi, imomning jahriy namozlaridagi qiroatni maxfiy qilib qo‘yishligi, maxfiy namozlarni jahriy qilib qo‘yishligi ham vojibni tark qilish jumlasidandir. Ushbu hollarda ham namoz oxirida sajdai sahv qilinadi. 3. Namozdagi vojiblardan birini o‘z o‘rnidan kechiktirsa ham, sajdai sahv vojib bo‘ladi. Misol uchun Fotiha surasini zam suradan keyinga kechiktirib qo‘ysa va hokazo. 4. Namoz amallaridan birortasini xayol bilan bo‘lib ziyoda qilib qo‘ysa ham, sajdai sahv vojib bo‘ladi. Misol uchun bir rakatda ikki bor ruku’ qilib qo‘ysa yoki uch marta sajda qilsa va yo ortiqcha rakatning qiyomiga turib ketsa va hokazo. Agar namozxon oxirgi qa’daga o‘tirmay, esidan chiqib ortiqcha rakat turib ketsa, to o‘sha rakatning sajdasigacha esiga tushib qolsa, qa’dai oxirga o‘tiradi va so‘nggida sajdai sahv qiladi, chunki u oxirgi qa’daning farzini kechiktirdi. Ammo ortiqcha rakatning sajdasini qilib qo‘ysa, ushbu farz namozi naflga aylanadi va oltinchi rakatni ham to‘ldirib qo‘yishlik ma’quldir. Chunki nafllar rakati toq bo‘lmaydi. Namozni ado qilgach, farzni qaytarib o‘qiydi. Chunki u namozning ruknlaridan bo‘lgan qa’dai oxirni yo‘qotdi. Rukn ado qilinmasa, namoz qaytarib o‘qiladi, ammo vojib tark qilinsa, sajdai sahv bilan namoz o‘rniga keladi. Agar qa’dai oxirda o‘tirib tashahhudni o‘qigan bo‘lsa-yu, keyin ortiqcha rakatga bilmay turib ketsa, esiga tushgan zahoti o‘tiradi va tashahhudni qaytarib o‘qimay, salom beradi. Ammo ziyoda rakatning sajdasini qilib qo‘ygan bo‘lsa ham, farz namozi buzilib, naflga aylanmaydi, chunki u oxirgi qa’dani o‘tirgan, faqat yana oltinchi rakatni ham o‘qib qo‘yadi-da, namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Chunki u salom berishni kechiktirgan edi. Keyingi ikki rakati naflga o‘tadi. Sajdai sahvning ko‘rinishi farz va nafllarda ham bir xildir. (Bir namozda ko‘p bor vojib tark bo‘lib yoki arkon kechiktirilsa ham, bir marta sajdai sahv qilish kifoya qiladi... - tarj.) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling