Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Sajdai sahvning o‘rni va uning sifatlari


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

Sajdai sahvning o‘rni va uning sifatlari 
Agar namozxon namoz asnosida sahv sajdasi vojib qiladigan biror amalni sodir etib 
qo‘ysa, u namozini yuqorida bayon qilinganidek oxiriga yetkazadi-da, salomni faqat o‘ng 
tomoniga beradi, so‘ngra xuddi namozdagi kabi ikki marta sajda qiladi. Keyin yana 
tashahhudni qaytarib o‘qiydi. Bu amal vojibdir. Salovotu Ibrohimiyyani o‘qishlik esa 
mustahabdir. Keyin o‘ng va chap yelkasiga qarab namozdan chiqish uchun salom beradi. 
Shu bilan nuqson yetgan namozi o‘rniga kelib, komil bo‘ladi. 
Sahv sajdasini qilish soqit ham bo‘ladimi? 
Sahv sajdasini qilish ushbu holatlarda soqit bo‘ladi: 
1. Agar bomdod namozini o‘qiyotganda vaqt ziq bo‘lib, quyosh chiqib ketish ehtimoli 
bo‘lsa yoki asr namozida ham vaqt kam qolib, quyosh botib qolishi mumkin bo‘lsa, 
sajdai sahv tark qilinadi
2. Agar imom juma yoki hayit namozlarida sajdai sahvni vojib qiladigan xatoga yo‘l 
qo‘ysa, jamoatga tashvish tug‘dirmaslik uchun uni tark etadi. 
3. Imomga iqtido qilgan kishi ham o‘z xatosi sababli sajdai sahv qilmaydi, balki agar 
imom sajdai sahv qilsa, shunda u ham imomga ergashganligi uchun uni qiladi, bu 
o‘zining adashganligi uchun emas, balki imomga ergashish vojib bo‘lishi uchun qilgan 
hisoblanadi. Masbuq, ya’ni imomga kechikib iqtido qilgan kishi agar imom sajdai sahv 
qilsa, unga tobe’ bo‘lgan holda sajda qiladi, keyin turib yetolmay qolgan rakatlarini o‘qib 
oladi. Imom bir tomonga salom bersa, ikkinchi tomonga salom berishini masbuq bir oz 
kutishi lozim. Chunki shunda imomning xato qilgan-qilmagani ma’lum bo‘ladi. 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
4. Agar namozxon sahv sajdasini qilayotib adashsa, bu uchun sajdai sahv qilmaydi. 
Kishi sajdai sahv qilishini esidan chiqarib qo‘ysa, modomiki, namozdan tashqaridagi 
amallardan birini qilmagan bo‘lsa, ya’ni qibladan burilib ketmagan yoki biror so‘z 
aytmagan va shu kabi amallarni bajarmagan bo‘lsa, u sahv sajdasini qaytarib qiladi. 
Sahv sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechasi sodir bo‘lsa-da, sajdai sahv bir 
marta qilinadi. 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling