Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Farz namozlarini o‘qish joiz bo‘lmagan vaqtlar
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Farz namozlarini o‘qish joiz bo‘lmagan vaqtlar
Uchta vaqtda farz namozlarini, janoza namozlarini o‘qish, tilovat sajdalarni qilish joiz emas. 1. Quyosh endi chiqayotgan vaqtdan to ko‘tarilguncha, agar bomdodning farziga kirishgan bo‘lsa-yu, quyosh chiqa boshlasa, u namoz buziladi va quyoshning nayza bo‘yi ko‘tarilishini kutib, so‘ng qazosini o‘qiydi. 2. Quyosh tikkaga kelganda. Bu payt qiyom, deyiladi. Ushbu fursatda ham to quyosh og‘gunga qadar namoz o‘qish harom hisoblanadi. 3. Quyosh botayotganda. Bu shom namozidan taqriban yarim soat oldingi vaqtdir. Lekin o‘sha kunning asr namozi o‘qilmagan bo‘lsa, u quyoshning yarmi botgan bo‘lsa ham, o‘qib olinadi. Janoza namozlari ham agar mayyit shu uch vaqtdan oldin hozir bo‘lsa, o‘sha vaqtni kirgizib o‘qishlik durust bo‘lmaydi. Ammo quyosh chiqayotganda yoki tikkaga kelganda, botayotganda mayyit tayyor bo‘lsa, janoza namozini o‘qishlik joiz. Lekin afzali bu vaqtni o‘tkazib, keyin o‘qishlikdir. Tilovat sajdalarini ham oldin o‘qib qo‘yib, so‘ng ushbu namoz Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 56 o‘qish harom bo‘lgan vaqtlardan birining kirishini kutib, keyin sajda qilish joiz emas. Lekin sajda qilish joiz bo‘lgan fursatgacha kechiktirish afzal. Markabda namoz o‘qish Minib yuriladigan hayvonlar ustida qaysi tomonga yuzlanib bo‘lsa ham, nafl namozlar o‘qish joizdir. Mashina, samolyot, poezd va boshqa miniladigan narsalar ulovlar jumlasidandir. Ulov ustida nafl namoz o‘qishlik uchun uzoq safarga chiqqan bo‘lishi shart emas, balki muqim kishi uzrli bo‘lmasa ham, nafl namozlarini markab ustida o‘qishligi mumkin. Namozni boshlashda qiblaga yuzlangan bo‘lishi ham shart emas, lekin mashaqqat bo‘lmasa, qiblaga yuzlanib olish mustahab hisoblanadi. Ulovini namoz o‘qish asnosida yurishiga oz amal bilan tezlashligi joiz bo‘ladi. Farz, vojib va ko‘p ta’kidlangani uchun bomdodning sunnatini ham ulov ustida o‘qishlik mumkin emas. Faqat zarurat bo‘lsagina, durust bo‘ladi. Misol uchun o‘g‘rining xavfi bo‘lsa yoki markabdan tushsa, o‘ziga yoki otiga yo yuklariga zarar yetkazsa, shu kabi uzrlar bilan farz, vojib, bomdod sunnatini ham markabda o‘qish joizdir. Yo‘lovchi oyog‘ida yurib keta turib nafl namozlarini o‘qishi joiz emas. Qachonki, namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, to‘xtaydi va u namozni mukammal o‘qiydi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling