Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
taologa hamdu sano aytish bilan boshlaydi, Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovotu salom 
yo‘llaydi, so‘ngra barcha mo‘min-mo‘minalar, muslim-muslimalarning haqlariga duo 
qiladi. Xutbani qisqaroq qilib, namozni uzaytirish ham sunnat amallardandir. 
5. Juma namozining durust bo‘lish shartlaridan yana biri hamma musulmonlar uchun 
masjidga kirish ruxsati bo‘lishi. Masjidga ba’zilarning kirishi ta’qiqlab qo‘yilsa, o‘sha 
masjidda juma o‘qish durust bo‘lmaydi. 
6. Juma namozini o‘qish uchun jamoat bo‘lish ham shartdir. Bu haqda yuqorida bayon 
qilindi. 
Kishi imomga juma namozini qay bir holatida iqtido qilsa ham, u jumani topgan bo‘ladi. 
Agar sajdai sahvdan keyingi tashahhud o‘qilayotganda iqtido qilgan bo‘lsa ham, u juma 
namoziga yetgan hisoblanib, imomning salomidan keyin yetolmay qolgan joylarini 
oxiriga yetkazib qo‘yadi. 
Jumaning sunnatlari va odoblari 
1. Jumaga g‘usl qilib, xushbo‘ylanib, eng chiroyli kiyimini kiyib borish sunnat. 
2. Jumaga ertaroq kelish ham sunnatdir. 
3. Juma kechasi va kunduzi Kahf surasini ham o‘qish sunnatdir; 
4. Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovot va salomni ko‘p aytish. Kamida kechasi uch 
yuzta, kunduziga ham shuncha aytsa, yaxshi bo‘ladi. Ko‘p aytishning esa chegarasi yo’q. 
5. Duoni ko‘p qilish ham sunnatdir. Chunki juma kunida bir soat borki, unda duolar 
albatta ijobat bo‘ladi. 
Juma kunida makruh bo‘lgan amallar 
1. O’tirgan odamlarni oralab, yelkalaridan oshib oldinga o‘tish makruhdir. Ammo 
o‘tiradigan joy topa olmasa-yu, oldinda bo‘sh joy bo‘lsa, unda bu makruh bo‘lmaydi. 
2. Xutba o‘qilayotgan vaqtda gapirishlik ham haromga yaqin makruh hisoblanadi. Xoh 
so‘zlaguvchi imom-xatibga yaqin joyda bo‘lsin, xoh uzoqroqda bo‘lsin, xoh dunyo so‘zini 
gapirsin, xoh zikr qilsin, baribir makruhi tahrimiy bo‘ladi. Hatto shu paytda salomga alik 
olish, aksaga javob qaytarish ham makruh amallardandir. Agar imom xutbada 
Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovot aytishga targ‘ib qiladigan oyatni o‘qisa, ya’ni: 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling