Microsoft Word tajyor mahsulotlarni hisobga olish


TAYYOR MAHSULOTLAR SOTISHNI HISOBGA OLISH


Download 193.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana26.10.2023
Hajmi193.92 Kb.
#1723191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tajyor mahsulotlarni hisobga olish

6.TAYYOR MAHSULOTLAR SOTISHNI HISOBGA OLISH. 
Omborlarda mahsulotning miqdor ko`rsatkichlaridagi uchyoti yuritiladi. Buning uchun 
mahsulotlarning har bir turiga yoki nomenklatura raqamiga M-17 sonli tipik shakldagi varaqalar 
ochiladi. Ular material harakati bilan bog`liq kirim va chikim operatsiyalari bo`yicha 
rasmiylashtirilgan boshlang`ich hujjatlar asosida to`ldiriladi va har bir kirim hamda chiqim 
operatsiyalari yozilganidan keyin material qoldig`i aniqlanadi. Materiallarning ombordagi 
xaqikiy qoldig`i meoyordagi qoldiq bilan solishtiriladi va o`rtadaga farqdan taominot bo`limi 
xodimlari xabardor qilinadi. 
Kirim va chiqim operatsiyalari bo`yicha kundalik rasmiylashtirilgan boshlang`ich hujjatlar 
belgilangan muddatda korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. 
Materiallarning ombordagi uchyoti operativ buxgalteriya yoki boshqa usullar yordamida 
hisobga olinadi. Ushbu usullarning moxiyati shundan iboratki, bunda materiallarning ombordaga 
uchyoti son shaklida, buxgalteriyada esa pul shaklida yuritiladi. Buxgalteriyada yuritiladigan 


15
hisob materiallarning harakati bo`yicha omborda rasmiylashtirilgan boshlang`ich hujjatlardagi 
maolumotlarga asoslanadi. Omborlarda rasmiylashtirilayotgan boshlang`ich hujjatlarning to`g`ri 
yoki noto`g`riligini buxgalteriya xodimlari belgilangan muddatlarda tekshirib boradi va yozuvlar 
to`g`riligi ombor varaqalarining «nazorat» bo`limida imzo bilan tasdiklanadi. Hisobot oyining 
oxirida ombordagi hisob buxgalteriyada yuritiladigan sintetik hisob maolumotlari bilan 
taqqoslanadi. Buning uchun esa har bir ombor bo`yicha qoldiq vedomosti yuritiladi. Vedomostda 
ombor varaqalari asosida material qoldig`i yoziladi va u pul ko`rsatkichiga aylantiriladi. Qoldiq 
vedomostidagi material qoldig`ining umumiy summasi buxgalteriyada materiallar harakati 
bo`yicha yuritiladigan 10-vedomost maolumotlari bilan solishtiriladi. Sonlarning to`g`ri kelishi 
hisobot oyi davomida omborda va buxgalteriyada yuritilgan hisobning to`g`riligidan dalolat 
beradi. 
Operativ-buxgalteriya usulining afzalliklari quyidagilardan iborat: 
1. Buxgalteriyada materiallarning nomi va navlari bo`yicha uchyoti olib borilmaydi, bu narsa 
hisob ishlarini birmuncha kamaytiradi. 
2. Kirim va chiqim uchyoti bo`yicha ishlar hisobot oyi oxiriga to`planib qolmaydi. 
3. Omborlarda yuritiladigan hisobning muntazam tekshirib turilishi u yerda to`gri hisob olib 
borilishini taominlaydi. 
4. Buxgalteriyada materiallarning analitik uchyotini yuritish ixchamlashadi. 
Materiallar 
harakati 
bo`yicha 
joylarda 
rasmiylashtirilgan 
boshlang`ich 
hujjatlar 
buxgalteriyaga belgilangan muddatda reestr asosida topshiriladi. Ular buxgalteriyada tekshiriladi 
va qayti ishlash uchun mashina-hisoblash stansiyalari yoki mashina-hisoblash byurolariga 
beriladi. Boshlang`ich hujjatlarni keyingi qayti ishlash jarayoni bir tomondan material uchyoti 
guruhi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish uchyoti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Shuning uchun boshlang`ich hujjatlar, limit-zabor kartalari, talabnomalar, nakladnoylarning 
ikkinchi nusxasi tekshirilib, taksirovka qilingandan so`ng buxgalteriyaning material bo`limidan 
ishlab chiqarish bo`limiga beriladi. 
Boshlang`ich hujjatlardagi maolumotlar to`plov vedomostlariga ko`chiriladi. Ushbu 
vedomost maolumotlari hisobot oyi oxirida har bir ombor bo`yicha oborot vedomosti tuzishda 
asos bo`lib hisoblanadi. 
Mol yetkazib beruvchilar schyotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga qabul 
qilingan ishlab chiqarish zaxiralari qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi 
rasmiylashtiriladi: 
D-t-10-«Materiallar» schyoti, 
K-t-60-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti. 
Qabul qilish vaqtida materiallar yetishmasa, u xolda kam chiqqan materialning sotib olinish 


16
baxosiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
D-t-bZ-«Daovolar yuzasidan hisob-kitoblar» scheti. K-t-«Mol yetkazib beruvchilar va 
pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti. 
Yuborilgan materialning xaqikiy soni qabul qilinish vaqtida schet va boshqa mol yetkazib 
beruvchi korxonalar hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiq bo`lsa, u xolda ko`p chiqqan material 
qiymatiga tegishli material schetlari debetlanib, «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan 
hisob-kitoblar» scheti kreditlanadi. 
Balansda korxona sotib olgan materiallar zaxirasini va mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-
kitob ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida hisobot oyining oxirida qiymati to`langan, lekin 
omborga kelib tushmagan materiallar qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
D-t- «Materiallar». 
K-t- «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schyoti. 
Keyingi hisobot oyining birinchi kunidan ushbu buxgalteriya provodkasi qizil provodka 
tuzish yo`li bilan yo`qotiladi. Materiallar korxona omboriga qabul qilinganda ularning qiymati 
schyotlarda tegishli provodka tuzish bilan aks ettiriladi. 
Sotib olingan materiallar bo`yicha mol yetkazib beruvchilar schetining to`lanishiga 
quyidagicha buxgalteriya provodkasi rasmiylashtiriladi: 
D-t- 60-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar». 
K-t- 51-«Hisob-kitob schyoti». 
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida qabul qilingan materiallar va mol yetkazib beruvchilar 
bilan hisob-kitob 6-jurnal-orderda yuritiladi. Unda sintetik va analitik hisob bir-biri bilan 
bog`langan xolda olib boriladi. Jurnal-orderga hisobot oyi davomida tegishli material 
schyotlarining debeti, «Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar» schyotining krediti 
bo`yicha yozuvlar ombor kirim orderlari va mol yetkazib beruvchilar schetlari asosida yozib 
boriladi. Bankdan olingan korxona hisob-kitob schyotidan ko`chirma asosida u yoki bu mol 
yetkazib beruvchi korxona schyotining to`langanligi xaqida jurnal-orderga belgi qo`yib boriladi. 
Sotib olingan ishlab chiqarish zaxiralari bo`yicha mol yetkazib beruvchilardan bo`lgan 
qarzning umumiy summasi hisobot oyining birinchi kunidagi qarz summasiga hisobot oyida 
sotib olingan materiallar uchun qarz summasini qo`shish va to`langan schyotlarning summasini 
olib tashlash yo`li bilan topiladi. Ushbu qarz balans tuzishda quyidagi uch ko`rsatkichga 
bo`linadi: 
1. To`lash muddati yetmagan qarz. 
2. To`lash muddati o`tib ketgan qarz. 
3. Xujjatlari olinmagan materiallar bo`yicha qarz. 
Korxonaning o`zida tayerlangan va omborga qabul qilingan materiallarning xaqikiy 


17
tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
D-t- 10-«Materiallar». 
K-t- 23-«Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyoti. 
Ombordan ishlab chiqarishga sarflash uchun berilgan materiallar qiymatiga esa quyidagicha 
buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
D-t- Ishlab chiqarish harajatlari schyotlari (20,23,25 va boshq.).
K-t- «Materiallar» schyoti. 
Materiallarning ishlab chiqarish harajatlari schetlarga ulgurji baxosi, shartnoma yeki reja 
tannarxi bo`yicha yezilgandan keyin ushbu schetlarga yana tegishli transport-tayerlov harajatlari 
yeki materiallarning xaqikiy tannarxi bilan reja tannarxi o`rtasidagi farq summasini ham yezish 
lozim. Transport-tayerlov harajatlari summasi ishlab chiqarishda sarflangan materiallar bilan 
ombordagi sarflanmay qolgan materiallar o`rtasida ularning ulgurji baxosiga mutanosib ravishda 
taqsimlanadi. Buning uchun transport-tayerlov harajatlarining hamma materiallar ulgurji 
qiymatiga nisbatan o`rtacha foizi aniqlanadi. Sarflangan materiallar qiymatini topilgan o`rtacha 
foizga ko`paytirish yo`li bilan sarflangan materiallarga to`g`ri keladigan transport-tayerlov 
harajatlari summasi topiladi. 
Korxona bo`limlari va sexlarida xo`jalik maqsadlari uchun sarflangan materiallarga to`g`ri 
keladigan transport-tayerlov harajatlarining summasi to`g`ridan-to`g`ri asosiy ishlab chiqarish 
schetiga yoziladi. 
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan 
materiallarning ulgurji baxosi, shartnoma yeki reja tannarxi bo`yicha 10-jurnal-order, boshqa 
maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa 10/1 jurnal-orderga yoziladi. Shuvday qilib, 
materiallar kirimi bo`yicha sintetik hisob 6-, sarflangan materiallarning sintetik uchyoti esa 10 va 
10/1 jurnal-orderlarda olib boriladi. Buxgalteriyada sintetik hisobdan tashqari sexlar, omborlar, 
materiallar guruhlari bo`yicha analitik hisob yuritiladi. 
Operativ-buxgalteriya (salg`dovoy) usuli qo`llanilmaydigan korxonalar buxgalteriyalarida 
materiallar pul va son ko`rsatkichlarida hisobga olinadi. Materiallar uchyoti operativ 
buxgalteriya usuli bo`yicha yuritiladigan korxonalar buxgalteriyasida esa pul o`lchovidagi 
sintetik schetlar material guruhlari va omborlar bo`yicha yuritiladi, Bunda omborda yuritiladigan 
materiallarning analitik uchyoti buxgalteriyada takrorlanmaydi. 
Buxgalteriyada materiallarning sintetik uchyoti 10-vedomostda yuritiladi. Unda qabul 
qilingan, sarflangan materiallar summasi hamda hisobot oyining 1-kuniga va oxirgi qoldiq 
summasi omborlardagi material guruhlari bo`yicha ko`rsatiladi. Ushbu hisob registridagi hisobot 
oyining oxiriga materiallarning qoldiq summasi omborlardaga material qoldig`i maolumotlari 
bilan solishtiriladi. Maolumotlarning bir-biriga to`g`ri kelishi ombor va buxgalteriyada yuritilgan 


18
hisobning to`g`riligini tasdiqlaydi. 
ortib-tushirish ishlarining qiymati, temiryo`l tag`rifi va yetkazib berish harajatlari). 
 
Narxning franko-ombor haridor turida mol yetkazib beruvchi ko`rsatilgan harajatlardan tashqari 
haridorning stansiyadagi ortib tushirish ishlari, uning ombordagi va omboriga yetkazib berish 
ishlari bo`yicha harajatlani to`laydi (koplaydi). 
Bizning respublikamizda eng keng tarqalgan to`lov turi frankostansiya jo`natish 
hisoblanadi. 
Xo`jalik shartnomasi - bu korxonalarning xo`jalik munosabatlari o`rnatish xaqidagi o`zaro 
kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqdarini belgilovchi asosiy hujjat 
hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan shartnoma shartla-ri ko`rib 
chiqilishi va ularga o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan 
nomenklaturadagi mahsulot jo`natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u xolda ushbu 
korxona raxbarla-riga nisbatan jazo choralari qo`llaniladi. Demak, shartnoma bilan 
rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma korxona xodimlari uchun bajarilishi shart bo`lgan 
qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yuqori ish unumdorligiga 
erishishni taominlaydi. 
Belgilangan muddatda mahsulot jo`natish rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to`lash 
chorasi qo`llaniladi. Jarima miqdori mahsulot jo`natish shartlariga qarab aniqlanadi. 
Mahsulot ombordan haridor-korxona vakili ishonchnomasi asosida jo`natiladi va bunday 
tovar transport nakladnoy hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Baho preyskurantida taralar qiymatini 
to`lash tartibi, molni tashish bilan bog`liq bo`lgan transport harajatlarining kancha summasi 
molning ulgurji bahosiga qo`shilganligi ko`rsatiladi. Transport uchun harajatlarning mol 
sotuvchi korxona uchyotidan qancha qismi to`lanishi kerakligini bilish uchun «franko» 
atamasidan foydalaniladi. Amalda «molni qabul qilib olish stansiya franko», «molni jo`natish 
stansiya franko» baxolari qullaniladi, «Molni qabul qilib olish stansiya franko» bahosi tovarlarni 
tashish bilan bog`liq transport harajatlari mol sotuvchi korxona tomonidan to`lanishini bildiradi, 
chunki bu harajatlar tovarning ulgurji bahosida hisobga olingan. «Molni jo`natish stansiya 
franko» bahosi belgilangan stansiyagacha to`langan temiryo`l harajatlari to`lov-talabnomasida 
ko`rsatilgan bo`ladi va u haridor korxonalardan undirib olinadi. Haridor korxonalarga jo`natilgan 
tovarlar buxgalteriya uchyoti schetlar rejasidagi 45-«Jo`natilgan tovarlar» schetida hisobga 
olinadi. 
Ombordan haridorlarga jo`natilgan tovar qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi 
tuziladi: 
D-t- 45-«Jo`natilgan tovarlar» scheti. 


19
K-t- 40-«Tayyor mahsulot» scheti. 
Jo`natilgan tovarlarning analitik uchyoti o`z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob 
hujjatlari bo`yicha, to`lash muddati yetgan va to`lash muddati yetmagan hisob-kitob hujjatlari 
bo`yicha aloxida hamda to`lashga qabul qilinmagan, masg`ul saqlashda bo`lgan jo`natilgan 
tovarlar aloxida hisobga olinadi.
Jo`natilgan tovarlar schetining debet tomonida jo`natilgan Tayyor mahsulotlar qiymatidan 
tashqari, chetga bajarilgan ish va xizmatlar qiymati, kapital qurilish bo`limi, ishlab chiqarishga 
taalluqli bo`lmagan ishlab chiqarish va xo`jaliklar uchun bajarilgan ish hamda xizmatlar qiymati, 
sotishga mo`ljallangan ortiqcha materiallar qiymati va boshqalar ham aks ettiriladi. Jo`natilgan 
tovarlar analitik uchyotida sanoat harakteridagi Tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar, 
yerdamchi qishloq, xo`jaligi mahsulotlari, sanoatga taalluqli bo`lmagan bajarilgan ish va 
xizmatlar, masg`ul saqlashga qabul qilingan mahsulotlar aloxida-aloxida hisob qilinadi. 
Mahsulot sotilgandan so`ng sotilgan mahsulot qiymati 45-schet kreditidan 46- schet debetiga 
yoziladi. Joriy hisobda jo`natilgan tovarlar reja tannarxi yeki ulgurji narxda baxolanishi mumkin. 
Korxona mablag`arining aylanish jarayoni mahsulot sotilishi bilan tugallanadi. Yuqorida 
ko`rsatib o`tilgandek, korxona faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlardan biri bu tovar 
mahsulotining sotilish ko`rsatkichidir. Hisobot oyda mahsulot sotilishi bilan bog`liq, 
operatsiyalar bo`yicha sotilgan mahsulot turlarining soni, mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi va 
sotilgan olingan moliyaviy natijani aniqlash buxgalteriya uchyotining muhim vazifasi 
xisoblanadi. 
Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi sessiyasida tasdiqdlangan va 1998 yil 
1 yanvardan boshlab amalda qo`llash uchun tavsiya etilgan O`zbekiston Respublikasi Soliq, 
kodeksining 10- moddasiga va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq 
kumitasining 1998 yil 4 yanvardagi 1998 yilda korxona va tashkilotlarni soliqka tortish tartibida 
o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi xatiga binoan ham yuridik shaxslar daromadlaridan 
oliyadigan soliq hisoblash usuliga ko`ra amalga oshiriladi. Bunga ko`ra korxona va muassasalar 
jo`natilgan mahsulot, bajarilganish va xizmatlar yuzasidan, ushbu mahsulot, ish va xizmatlar 
qiymatini to`langan vaqti hamda xaqiqatan pul kelib tushishidan kathiy nazar, jo`natilgan 
mahsulot, ish va xizmatlar qiymatidan davlat byudjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya 
uchyotida o`sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Demak, yuqorida aytilganlar asosida 
shunday xulosa chiqarish mumkinki, xozirgi xo`jalik yuritish sharoitida, 1998 yil 1 yanvardan 
boshlab korxona va muassasalarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar 
pulning qachon kelib tushishidan katoiy nazar ular haridor korxonalarga jo`natilgan vaqtdan 
boshlab realizatsiya qilingan deb hisoblanadi. Mahsulot (ish, xizma) sotish shu nom bilan 
ataluvchi 46-schetda hisobga olinadi. 


20
«Mahsulot (ish, xizmat) sotish» schetining xususiyati shundan iboratki, uning debetida 
xaqiqiy harajatlar summasi, kreditida esa tushum summasi ko`rsatiladi va schet hisobot oyi 
oxirida «Foyda va zararlar» scheti bilan yepiladi, Bu xususiyat 46-schet oborotlari o`rtasidagi 
farq orqali korxona xo`jalik faoliyatining moliyaviy natijasini hisoblash imkonini beradi. Debet 
bo`yicha oborot summasining ko`pligi korxona faoliyati natijasidan zarar ko`rilganligini, kredit 
bo`yicha oborot summasining ko`pliga foyda olinganligini bildiradi. 
Agar mahsulot (ish, xizmat)ni topshirish (jo`natish) realizatsiya qilindi deb hisoblangan vaqt 
bo`lib hisoblansa, unda 62-«Haridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» schetidan 
foydalaniladi. U aktiv schet bo`lib, uning qoldig`i buyurtmachiga topshirilgan, lekin puli 
to`lanmagan mahsulot, ish va xizmatning sotish bahosini hamda debet bo`yicha oborot - hisobot 
oyidagi topshirilgan mahsulot, ish va xizmatlarning jo`natish qiymatini, kredit bo`yicha oborot - 
hisobot oyida haridorlar tomonidan to`langan summani bildiradi. 
Aloxida schetlarda asosiy vositalar (47-«Asosiy vositalarning sotish va boshqa ko`rinishdagi 
hisobdan chiqarishlar» scheti) hamda boshqa aktivlar (48-«Boshqa aktivlar sotish») sotish 
natijalari hisobga olinadi va aniqlanadi. 
40, 45, 46, 47, 48, 62- schetlarning krediti bo`yicha oborotlarni va 45, 46-schetlarning 
analitik maolumotlarini aks ettirish uchun mo`ljallangan 11-jurnal-orderning sintetik 
ko`rsatkichlari asosida ortib jo`natish va realizatsiya uchyoti tashkil qilinadi. 11-jurnal-order 15 
va 16-vedomostlarning analitik maolumotlari asosida to`ldiriladi. Shuni bilish muhimki, 45 va 
4b-schetlarning analitik maolumotlari 11-jurnal-orderda haqjiy tannarx, hisob narxlari, takdim 
etilgan schet summalari bo`yicha va qo`shilgan qiymat solig`ini aks ettirish bilan oborotda 
nafaqat hisobot oyi uchun, balki yil boshidan bo`lgan xolda keltiriladi. 
11-jurnal-orderning analitik maolumotlari bo`yicha foyda summasiga quyidagicha 
buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
D-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish. 
K-80-«Foyda va zararlar» 
D-40 «Tayyor mahsulot» 
K-20 «Asosiy ishlab chiqarish» 
D-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish» 
K-40 «Tayyor mahsulot» 
D-62 «Haridor va byurtmachiliar bilan hisob kitoblar» 
K-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish. 
D-51-«Hisob kitob scheti»
K-62 «Haridor va byurtmachiliar bilan hisob kitoblar» 
D-80-«Foyda va zararlar»


21
K-26 «Davr harajatlari» 
D-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish. 
K-80-«Foyda va zararlar»
Dastgox ishlab chiqaradigan zavod bo`yicha 199 yilning dekabr oyi uchun 11-jurnal-order 
Schet krediti 
Schet debeti 
40 
45 
46 
68 
Jami 
45-«Jo`natilgan tovarlar» 
4b-«Mahsulot (ish, xizmat) sotish» 
51-«Hisob-kitob scheti» 
432800 
442940 
9600 
565300 
160972 
432800 
442940 
735872 
Jami 
432800 
452540 
565300 
160972 
1611612 

Download 193.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling