Microsoft Word tajyor mahsulotlarni hisobga olish
Download 193.92 Kb. Pdf ko'rish
|
tajyor mahsulotlarni hisobga olish
5 1. Tayyor mahsulot va uning sotishni hisobga olish . Xozirgi sharoitda samaradorligi yuqori bo`lgan korxonalarning xo`jalik faoliyatini maqsadga muvofiq deb xisoblanadi. Ularda mahsulot sotish muhim iqtisodiy ko`rsatkich hisoblanadi. Materialning har bir turini tayerlash, xaqikiy tannarxini hisoblash ko`p mexrat va vaqt talab qiladi. Shuning uchun ham ko`pchilik xollarda moddiy boyliklar joriy hisobda- o`rtacha sotib olinish baxosi, reja tannarxi bo`yicha va boshqa baxolarda baxolanadi. Materiallarning xaqikiy tannarxi bilan o`rtacha sotib olinish baxosi yoki reja tannarxi o`rtasidagi farq ularning guruhlari bo`yicha aloxida analitik schyotlarda hisobga olinadi. Amaliyotda kompg`yuterlarning keng qo`llanilishi material zaxiralari har bir turining xaqiqiy tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi. Materiallar sintetik schyotida ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik uchyoti joriy baxoda, yaoni sotib olinish (tayyorlash) reja tannarxi, yoki o`rtacha sotib olinish baxosi bo`yicha hisobga olinadi. Bunday xollarda, o`rtadaga farq «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida aks ettiriladi. Korxonalarda buxgalteriya uchyotini tashkil qilish tizimida Tayyor mahsulot, uni ortib jo`natish va sotishning uchyoti aloxida o`rin tutib, uning vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. Tayyor mahsulot harakati bilan bog`liq hamma xo`jalik operatsiyalarini hisobda o`z vaqtida va to`g`ri aks ettirish, omborlarda mahsulotning belgilangan zaxira meoyorlariga rioya qilish hamda saqlanishi ustidan nazorat olib borish. 2. Ombordagi zaxiralarning xolatini va butligini saqlash. 3. Ish va xizmatlarning bajarilish xajmi, Tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha uzluksiz nazorat o`rnatish, ortib jo`natilgan va yuborilgan mahsulotlar (ish, xizmat) bo`yicha hujjatlarni o`z vaqtida va to`g`ri rasmiylashtirish, haridorlar bilan hisob-kitoblarni aniq tashkil etish. 4. Realizatsiya qilingan mahsulotning assortiment va xajmi bo`yicha shartnoma - mol yetkazib berish rejasining bajarilishini nazorat qilish. 5. Realizatsiya qilingan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq bo`lgan (davr harajatlari) xaqiqiy harajatlarni o`z vaqtida, aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini aniqlash. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo`jaligi va mahsulot sotishni to`g`ri tashkil qilishga, xo`jalik operatsiyalarining hujjatlarda o`z vaqtida rasmiylashtirilishiga bog`liqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling