Microsoft Word tajyor mahsulotlarni hisobga olish
MAHSULOTNI CHIQARISHGA SARFLANGAN MATERIALLARNI
Download 193.92 Kb. Pdf ko'rish
|
tajyor mahsulotlarni hisobga olish
5. MAHSULOTNI CHIQARISHGA SARFLANGAN MATERIALLARNI
NAZORAT QILISH. Ishlab chiqarishda materiallarning sarflanishi ustidan nazorat olib borish - bu bir xil mahsulot ishlab chiqarishda sarflangan materiallarning xaqiqiy sonini ularning meoyorda ko`rsatilgan soni bilan taqqoslashdir. Bu o`rinda ular o`rtasidaga farq ortiqcha harajat yeki tejam bo`lishi mumkin. Materiallarning sarflanishi ustidan turli usullar yerdamida nazorat olib boriladi: hujjatlashtirish. inventar, partiya bo`yicha bichish va boshqalar. Birinchi usul yerdamida materialning bir turini ikkinchi tur bilan almashtirilganda vujudga keladigan farq hisobga olinib, talabnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatda materialning meoyor bo`yicha sarflash soni va almashtirilgan materialning sarflanishi xususida har bir partiyasi bo`yicha aniqlanadi. Buning uchun bichish varaqasi yuritiladi. Unda ishlab chiqarish topshirigini bajarish uchun berilgan materialning xaqiqatan sarflanganligi ko`rsatiladi. Har bir bichish varaqasi bo`yicha material sarflash natijasi aniqlanadi. Inventar usuli bo`yicha material sarflash natijasi hisobot oyi oxirida chiqarilmay, balki qolgan materialni inventarizatsiya qilish yo`li bilan aniqlanadi. Sarflangan materialning xaqiqiy soni sexlarda ishlatilmay qolgan materiallarning hisobot oyi boshidagi qoldig`iga sarflash uchun olingan materialning sonini qo`shib, inventarizatsiya natijasida aniqlangan ishlatilmay qolgan materiallar sonini ayirish yo`li bilan aniqlanadi. So`ngra sarflangan materialning xaqiqiy soni meoyordagi son bilan solishtiriladi va o`rtadagi farq 14 aniqlanadi. Materialning meoyordagi sarfi ishlab chiqarilgan mahsulot sonini bitta mahsulotni ishlab chiqarish uchun belgilangan material meoyoriga ko`paytirish yo`li bilan aniqlanadi. Material boyliklaridan to`g`ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur bo`lmagan materiallarning bor yeki yo`qligini tekshirib ko`rishi lozim. So`ngra bu xaqda yuqori tashkilotlarga (vazirlik yeki boshqarmalarga) maolum qilinadi. O`z navbatida yuqori tashkilot zarur bo`lmagan materiallarni kirim orderidan mavjud korxonalar o`rtasida qayta taqsimlaydi. Yuqori tashkilotlar tomonidan qayta taqsimlanmagan materiallarni korxona boshqa tashkilotlarga sotishi mumkin. Bunday operatsiyalarga quyidagicha buxgalteriya provodkalari tuziladi: 1. Materialni haridorga jo`natish: D-t-45-«Jo`natilgan tovarlar». K-t-10-«Materiallar» scheti. 2. Sotish: D-t-51-«Hisob-kitob scheti». K-t-4b-«Mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasi» scheti. 3. Sotishdan so`nggi buxgalteriya yozuvi: D-t-4b-«Mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasi» scheti. K-t-45-«Jo`natilgan tovarlar». Bu operatsiyalar schetlarda quyidagi ko`rinishda aks ettiriladi: D- 46 «Mahsulot realizatsiyasi» K-45-«Jo`natilgan tovarlar» Download 193.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling