Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilindi: U kishining cho‘risi sho‘rvani keltirayotib, bir 
narsaga qoqilib, sho‘rvani u kishining ustiga to‘kib yubordi. Maymun uni urmoqchi bo‘ldi. 
Joriya: «Ey xo‘jayin, Allohning «va g‘azablarini ichlariga yutadigan...» degan so‘ziga 
amal qilgin», dedi. Aytdi: «Shunday qildim». Cho‘ri: «Va odamlardan kechiruvchilar», 
degan oyatga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Kechirdim». Cho‘ri: «Alloh 
muhsinlarni sevguvchidir», oyatiga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Sen o‘zingga 
yaxshilik qilding, sen Alloh yo‘lida ozodsan». 
259. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Kimda uch xislat bo‘lmasa, imon mazasini 
topmaydi. Halimlik – u bilan johilning johilligini qaytaradi. Taqvodorlik – u harom 
narsalardan saqlaydi. Xulqlilik – u bilan odamlar bilan muomala qilinadi». 
Oldin o‘tgan kishilarning biridan zikr qilindi: «U kishida bir ot bor edi. U kishi otini ko‘p 
yaxshi ko‘rardi. Bir kuni kelib, oti uch oyoqli bo‘lib qolganini ko‘rdi. G‘ulomidan so‘radi: 
«Bu ishni kim qildi?» G‘ulom: «Men», dedi. Xo‘jayini: «Nima uchun?» dedi. G‘ulom: 
«Seni g‘amga solmoqchi edim», dedi. Xo‘jayin: «Albatta, seni bu ishga buyurgandan 
(ya’ni, shaytondan) ranjidim. Endi ketavergin, sen ozodsan, ot ham senga», dedi. 
Faqih aytadi. «Mo‘min kishi halim, sabr qilguvchi bo‘lmog‘i lozim. Albatta, bu 
taqvodorlarning xislatlaridandir. Alloh taolo halim kishini o‘z kitobida maqtadi. 
«Albatta, kim sabr qilsa va kechirib yuborsa», ya’ni kimki o‘ziga yetgan zulmga sabr 
qilsa va intiqom olmay Alloh uchun kechirib yuborsa, «Shak-shubhasiz bu ishlarning 
maqsadiga muvofig‘idir» (Sho‘ro, 43). Ya’ni, ishlarning haqlaridanki, uning qilguvchisi 
qilgan ishida ulug‘ savobga erishadi. 
Boshqa oyatda aytiladi: «Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas», ya’ni yaxshi 
so‘z bilan yomon so‘z barobar bo‘lmaydi. Musulmon uchun yaxshi so‘zni yomon so‘z 
bilan mukofotlash lozim bo‘lmaydi. «Siz eng go‘zal so‘zlar bilan daf qiling», ya’ni yomon 
so‘zlarni yaxshi so‘zlar bilan ketkazing. «Banogoh, siz bilan o‘rtalaringizda adovat 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling