Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ 
256. Faqih Abu Said Xudriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar 
(s.a.v.) aytdilar: «Albatta, g‘azab o‘tdan uchqundir. Kimga g‘azab kelsa, tik turgan 
bo‘lsa, o‘tirib olsin, agar o‘tirgan holda g‘azabi to‘xtamasa, yotib olsin, agar yotib olgan 
taqdirda ham g‘azabi kelsa, tuproqqa yumalasin». 
257. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: 
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «G‘azabdan saqlaninglar. Albatta, u inson yuragida o‘t 
yondiradi. Ko‘rmaysizmi, agar birontalaringizga g‘azab kelgan vaqtda ko‘zlari qanday 
qizarishini va bo‘yin tomirlarining bo‘rtib chiqishini. Agar sizlardan birontangiz g‘azabdan 
biron narsani sezsa, yotib yerga yopishib olsin». Va yana aytdilar: «Sizlardan g‘azabi tez 
kelib, tez ketadiganlaringiz bor. Bittasi ikkinchisi bilan. Sizlardan g‘azabi sekin kelib 
sekin qaytadiganlar bor. Biri boshqasi bilan. Sizlardan yaxshilaringiz g‘azabi sekin kelib
sekin ketadiganlaringizdir». 
258. Abu Amoma Bohiliy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: 
«Kim o‘ch olishga qodir bo‘lib, o‘ch olmasdan, g‘azabini bossa, Alloh uning qalbini 
qiyomat kunida rizo bilan to‘ldiradi». 
Aytilishicha, Injilda bunday yozilgan: 
«Ey Odam farzandi! Meni o‘zingga g‘azab kelganda eslagin, Men seni g‘azabim kelganda 
eslayman. Senga bergan yordamimga rozi bo‘lgin. Albatta, Mening senga yordamim 
o‘zingga qilgan yordamingdan yaxshidir». 
Umar ibn Abdulaziz g‘azabini keltirgan bir kishiga aytdi: «Agar sen mening g‘azabimni 
keltirmaganingda men seni jazolar edim». 
Allohning: 
«Va g‘azablarini ichlariga yutadigan» (Oli Imron, 134) so‘zini iroda qilib aytgan edi. 
Zikr qilindi: U kishi bir mastni ko‘rgan ekan. Unga ta’zir berishni xohladi. Haligi mast u 
kishini so‘kibdi. So‘kayotganida Umar qaytib ketdi. So‘ngra so‘rashdiki: «Ey 
mo‘minlarning amiri, sizni so‘kayotganda nima uchun uni tark qildingiz?» Umar: «Chunki 
u mening g‘azabimni keltirdi, shu paytda unga ta’zir berganimda, nafsimning g‘azabi 
uchun bo‘lar edi. O‘zimning hamiyatim uchun musulmon kishini urmoqni 
xohlamayman», dedi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling