Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Sizlardan har biringiz unga (do‘zaxga) tushuvchidirsiz"[/b[, degan Allohning
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"Sizlardan har biringiz unga (do‘zaxga) tushuvchidirsiz"[/b[, degan Allohning
va’dasi bor (Maryam,71). 343. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi mo‘minga musibat yetsa, garchi u musibati eskirsa ham, musibati uchun "inna lillahi va inna ilayhi roji’un" kalimasini aytsa, Alloh o‘sha aytganiga ajrini beradi". Ya’ni, Alloh unga musibat yetgan kundagi ajrining o‘xshashini beradi. Usmon ibn Affondan (r.a.) zikr qilinadi: Agar farzand tug‘ilsa, u kishi yettinchi kuni uni Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 160 qo‘lga olardilar. Bu haqda so‘rashganda: "Men uning muhabbati qalbimga tushishini yaxshi ko‘raman, agar o‘lib qolsa, ajrim katta bo‘ladi", degan edilar. 344. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Bir kishi o‘g‘ilchasi bilan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib turardi. Keyin uning o‘g‘li vafot etib, otasi kelmay qo‘ydi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni surishtirdilar. Sahobiylar: "Ey Allohni elchisi, uning siz ko‘rgan o‘g‘li vafot etdi", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Menga xabar bermadinglarmi? Turinglar, birodarimizga ta’ziya bildirishga boramiz". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning oldiga kirganlarida, u g‘amnok edi. So‘ngra u: "Ey Allohni elchisi, men undan qarib, zaiflanadigan kunlarim uchun umid qilgan edim", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qiyomat kuni kelib, unga, jannatga kirgin, deganda: "Ota-onam-chi, ey Rabbim!" deyishi seni xursand qilmaydimi?! Unga uch marta, jannatga kirgin, deyishadi. Shafoatida davom etib, oxiri Alloh shafoat qilib, hammalarini jannatga kirgizadi". Keyin u kishidan xafalik ketdi". Bu xabar bir kishiga musibat yetsa, unga ta’ziya bildirish sunnat ekaniga dalildir. Faqih aytadilar: Otam Hasan Basriydan rivoyat qildilar: Muso alayhissalom Parvardigordan so‘radilar: "Ey Rabbim, kasalni ko‘ruvchilar uchun qanday ajr bor?" "Uni xuddi yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok chiqaraman". Muso so‘radilar: "Ey Rabbim, o‘likni qabristongacha kuzatib boruvchiga qanday ajring bor?" Aytdi: "O‘lgan vaqtida maloikalarni jo‘nataman, uni qabristonga bayroqlar bilan olib borishadi, keyin mahsharga ham". Muso aytdilar: "Ey Rabbim, bolasini yo‘qotgan onaga ta’ziya aytgan kishiga qanday ajring bor?" Aytdi: "Qiyomat kuni arshning soyasidan boshqa hech soya bo‘lmagan kunda uni arshning soyasiga olaman". 345. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz aytdilar: "Bandaning ikki narsani ichiga yutishi Alloh taologa mahbubdir: Fazabni ichiga yutib, uni hilm bilan qaytarishi va bir musibat yetsa, ichiga yutib, sabr qilishi. Ikki tomchidan ko‘ra Allohga mahbubroq tomchi yo‘qdir: Allohning yo‘lida to‘kilgan qon va kechasi sajda qilib turgan paytda tushgan ko‘z yoshi tomchisi. Uni Allohdan boshqa hech kim ko‘rmaydi. Ikki qadamdan ko‘ra Alloh taologa mahbubroq qadam yo‘qdir: Farz qilingan namozga yurib borgan qadam va qarindoshlikni bog‘lash uchun bosilgan qadam". Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Sulaymon alayhissalomning o‘g‘illari vafot etdi. U kishi ko‘p xafa bo‘ldilar. Ikki farishta kelib, u kishining oldilarida xusumat kiyimlarida o‘tirishdi. Birlari aytdiki: "Don ekdim, ammo o‘rmadim, mana bu narsa o‘tib, uni vayron qildi". Boshqasi aytdi: "Sen nima deysan?". Aytdi: "Joduni olib ekinzorga keldim va uni chapga, o‘ngga otdim. Shunda ekinzor ustida yo‘l paydo bo‘ldi". Sulaymon aytdilar: "Nimaga yo‘lning ustiga don ekding? Odamlarning yo‘li borligini bilmasmiding?" Farishta: "Nimaga farzandingga xafa bo‘lyapsan? O‘lim oxirat yo‘li ekanini bilmasmiding?" dedilar. Xabarda keladiki, Sulaymon alayhissalom Allohga tavba qilib, shundan keyin bolalariga motam tutmagan ekanlar. Abdulloh ibn Abbosga (r.a.) qizchasi vafot qilganligi to‘g‘risida xabar keldi. U kishi safarda edi. "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", dedilar. Keyin: "U avrat edi, uni Alloh satriga oldi, uning ashyolariga Alloh o‘zi kifoya qiladi va bu ish Alloh menga bergan bir ajrdir", dedi va ikki rak’at namoz o‘qidi. So‘ng aytdi: "Alloh taolo bizga buyurgandek qildik", dedilar va: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling