Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
O‘TTIZ BIRINCHI BOB
BESH VAQT NAMOZ HAQIDA 365. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Hasandan (r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh vaqt namozning misoli eshiklaringiz oldidan oqib o‘tayotgan suvi ko‘p daryo kabidir. Unda har kuni besh marotaba yuvingan odamning tanasida kir qoladimi?" Ya’ni, besh vaqt namoz kishini gunohlardan poklaydi, kattalaridan boshqasi qolmaydi. Bu ish faqat namozni ulug‘lab, ruku’larini, sajdalarini mukammal qilib o‘qisa. Mabodo ruku’si, sajdasi tamomiga yetmasa, u namoz rad qilingaydir. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 167 366. Rafo’a ibn Rofe’ ibn Xolid aytadilar: "Biz Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik, shu vaqt bir kishi kelib, qiblaga yuzlanib namoz o‘qidi. Keyin namozini tugatib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib, u zotga sollallohu alayhi vasallam va qavmga salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qaytib namozingni boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qimading", dedilar. Haligi kishi qaytib, yana namoz o‘qidi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana: "Namozingni qaytadan o‘qi, chunki sen namoz o‘qimading", dedilar. Shunday deb ikki yoki uch marta buyurdilar. U kishi: "Imkoniyatim boricha o‘qidim, ammo namozimning aybini bilmayapman", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Tahoratni Alloh buyurganidek mukammal qilmasalaringiz, namozlaringiz komil bo‘lmaydi. Tahoratda yuzini, so‘ng ikki qo‘lini tirsagigacha yuvadi va boshiga mash tortadi, keyin ikki oyog‘ini to‘pig‘igacha yuvadi. Keyin Allohga takbir va hamd aytadi, so‘ng Qur’ondan qodir bo‘lganicha o‘qiydi, so‘ngra takbir aytadi va ruku’ qiladi, qo‘lini tizzasiga qo‘yib, bo‘g‘inlarini xotirjam ushlaydi, ozgina turgandan keyin boshini ko‘tarayotib, "sami’allohu liman hamidah", deb qomatini tik qiladi va ozgina turib, so‘ng takbir aytib sajdaga ketadi". Shunday qilib, to‘rt rak’at namozning o‘qilishini tushuntirdilar. So‘ng: "Ana shunday qilmasangizlar, hech biringizning namozingiz to‘liq bo‘lmaydi", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda bilan ruku’ni to‘liq qilishni buyurdilar va ularsiz namoz qabul bo‘lmaslik xabarini berdilar. Mo‘min kishi namozini chiroyli, mukammal qilishga va bu namoz uning o‘tgan gunoh va xatolariga kafforat bo‘lishiga harakat qilmog‘i lozim. 367. Usmonning (r.a.) ozod qilgan qullari Horis aytadilar: "Usmon (r.a.) biz bilan o‘tirgan edilar, muazzin keldi. Usmon (r.a.) suv oldirib, tahorat qildilar, keyin: "Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam men qilgandek tahorat qilganlarini ko‘rganman va: "Kim men qilganday tahorat olib, peshin namozini o‘qisa, Alloh taolo u namozi bilan bomdod namozi orasida bo‘lgan gunohlarini kechiradi, keyin asrni o‘qisa, Alloh taolo asr bilan peshin orasidagi gunohlarini kechiradi. So‘ng shom namozini o‘qisa, Alloh taolo shom bilan asr o‘rtasida o‘tgan gunohlarini kechiradi. Keyin xufton namozini o‘qisa, xufton bilan shom namozi orasida bo‘lgan xatolarini kechiradi. So‘ng yotadi va dumalab kechani o‘tkazadi. So‘ng turib, tahorat qilib, bomdod namozini o‘qisa, Alloh taolo bomdod va xufton namozi orasidagi xatolarini kechiradi. Bu yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi", deganlarini eshitganman", dedilar. Odamlar aytishdi: "Qolgan solih amallar-chi?" Aytdilar: "Subhanalloh valhamdulillah, va laa ilaha illallohu vallohu akbar, va laa havla va laa quvvata illa billahil ‘aliyyil az’im". 368. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot aytdilarki: "Kimni erta bir kun qiyomatda Alloh taologa musulmon holda yo‘liqishi xursand qilsa, farz namozlarni azon aytilgan vaqtda ado etsin. Alloh taolo Payg‘ambaringizga hidoyat yo‘lini ko‘rsatdi. Albatta, u namozlar hidoyat yo‘llaridandir. Qasamki, jamoatdan kechikkan kishi uyida namoz o‘qiganidek, sizlar ham namozlaringizni uylaringizda o‘qisangizlar, Payg‘ambaringizning yo‘lini tark qilgan bo‘lasizlar. Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tark qilsangizlar, adashasizlar. Hali shunday zamonga yetamizki, bu namozlardan faqatgina la’natlangan munofiq kishi kech qolib, jamoatga chiqmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling