Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahoratning fazilatlari bobi hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi
166 361. Uqba ibn Omir Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlardan qaysi biringiz tahorat qilib bo‘lgandan keyin: "Ashhadu alla-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu va anna Muhammadan abduhu va rosuluh", desa, jannatning sakkiz darvozasi ochiladi. U yerga xohlaganidan kiradi". 362. Abu Dardo (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim besh amalni imon bilan qilsa, jannatga kiradi: Besh vaqt namozlarini o‘z vaqtida o‘qigan, tahoratlari, ruku’lari, sajdalarini qilib, zakotini xursand holda ado etgan kishi, Allohga qasamki, bu ishni faqat mo‘min qiladi; yana ramazonda ro‘za tutgan, qodir bo‘lsa, Allohning uyiga haj qilgan va omonatni ado etgan kishi". Abu Dardodan omonatning nimaligini so‘rashdi. U zot (r.a.): "Jinobatdan yuvinish. Alloh taolo dinida odam farzandiga bundan ko‘ra omonatroq narsa bermagan", dedilar. 363. Usmon ibn Affon rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim tahoratini Alloh buyurgandek mukammal qilsa va namozni Alloh buyurgandek ado etsa, u ikkisi orasidagi gunohlarga kafforat bo‘ladi". 364. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bomdod namozi paytida Bilolga: "Ey Bilol! Islomda qilgan pok amalingni menga ayt, chunki shu kecha jannatda kovushingning tovushini eshitdim", dedilar. Bilol: "Men Islomda umidlik bir ish qilganim yo‘q, lekin kechasimi, kunduzimi, qachon tahorat olsam, kam bo‘lsa-da, qodir bo‘lganimcha namoz o‘qiyman", deb javob qildilar. Boshqa bir rivoyatda: "Tahorat ketishi bilan uni yangilayman, yangilashim bilan ikki rak’at namoz o‘qiyman", deganlar. _______________________ Tahoratning fazilatlari bobi hadislari 355-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad va boshqalar rivoyat qilgan. 356-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 357-hadis. Hasan. Ibn Muborak rivoyat qilgan. “Ad-dau vad-davo”ga qarang. 358-hadis. Muttafaqun alayh. 359-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim rivoyat qilgan. 360-hadis. Sahih. Nasoiy, Hokim rivoyat qilgan. 361-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 362-hadis. Hasan. Abu Dovud, Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 363-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan. 364-hadis. Muttafaqun alayh. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling