Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
165 357. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim pok holatda pok to‘shakda yotsa, u bilan to‘shagida farishta bo‘ladi (qo‘riqlaydi). Kechasi qaysi soatda uyqudan uyg‘onsa, farishta, ey Parvardigor, falonchi bandangning gunohini kechir, chunki u pok holatda yotdi, deb aytadi". 358. Humron ibn Abon aytadilar: "Usmon ibn Affonning tahorat qilayotganlarini ko‘rdim. Suvni qo‘llariga olib uch marta yuvdilar, keyin g‘arg‘ara va istinshoqni uch martadan qildilar. So‘ng uch marta yuzini yuvdilar, o‘ng qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib uch marta, chap qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib uch marta yuvdilar. Keyin boshlariga mash tortdilar. So‘ngra ikki oyog‘ini uch marta yuvdilar. Va: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning men tahorat qilganimdek tahorat qilganlarini ko‘rganman. U zot, kim mening tahoratim kabi tahorat qilsa, keyin ikki rak’at namoz o‘qisa, shu vaqtda dunyo ishlaridan gapirmasa, o‘tgan va kelajak gunohlari mag‘firat qilinadi, degan edilar", deb aytdilar. 359. Savbon Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "To‘g‘ri bo‘linglar, hech sanay olmaysizlar. Bilingizki, amallaringizning yaxshisi namozdir. Faqat mo‘min kishigina doim tahoratli bo‘ladi". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning "hech sanay olmaysizlar", degan so‘zlarini ma’nosi – to‘g‘ri bo‘lishga hech qodir bo‘lmaysizlar, deganidir. Yana aytiladiki, u so‘zning ma’nosi, kim to‘g‘ri bo‘lsa, uning savobini sanamoqning imkoni bo‘lmaydi, deganidir. To‘g‘ri bo‘lish – imon va toatdadir. "Faqat mo‘min kishigina doim tahoratli bo‘ladi", degan so‘zlarini ma’nosi, tahoratni davomli qilish mo‘minlarning axloqlaridan, deganidir. Mo‘min kishiga kun bo‘yi va kechasi uxlayotganda tahoratli bo‘lmog‘i lozim, chunki bu amal tufayli Alloh va farishtalar uni yaxshi ko‘radi, Allohning panohida bo‘ladi. Faqih aytadilar: Otam (r.a.) dedilar: "Menga yetdiki, Umar ibn Xattob (r.a.) Rasulullohning (s.a.v) sahobalaridan birini Misrga Ka’ba yopinchig‘i uchun yubordilar. Sahobiy Shomda bir nasoro olimining ibodatxonasiga tushdi. Bu olimdan ilmliroq odam ularda yo‘q edi. Rasulullohning (s.a.v) elchilari u bilan uchrashmoqni, ilmidan eshitmoqni xohladi. Uyiga kelib, eshikni ochishlarini so‘radi. Eshik uzoq vaqt ochilmadi, nihoyat olimning oldiga kirdi va eshikda ushlanib qolganidan shikoyat qildi. Olim aytdiki: "Biz oldimizga kelayotganingda seni sulton haybatida ko‘rdik va qo‘rqib eshikni ochmadik. Alloh taolo Musoga: "Ey Muso, sultondan qo‘rqsang, tahorat qil va ahlingni ham tahoratga buyur. Chunki kim tahorat qilsa, qo‘rqqanidan omonda bo‘ladi", degan. Senga eshikni ochmay turganimiz tahorat qilib olib, namoz o‘qib, sendan omonlik topishimiz uchun edi. Va keyin eshikni ochdik". Faqih aytadilar: Tahorat qilayotgan kishi tahoratini ta’zim bilan qilishi va bu tahorat bilan Rabbining ziyoratida bo‘lishini bilishi, so‘ngra hamma gunohlariga tavba qilishi lozim. Chunki Alloh taolo suv bilan yuvishni gunohlardan ham poklanish belgisi qildi. Tahoratni Alloh ismi bilan boshlamog‘i lozim. Farg‘ara, istinshoq qilsa, og‘zini g‘iybatdan va yolg‘ondan, yuzini yuvsa, haromga qarashdan poklangan bo‘ladi. Boshqa a’zolarda ham shunday. A’zolarini yuvib bo‘lsa, Allohga duo qiladi va tasbeh aytadi. 360. Hadisda rivoyat qilinadi: "Mo‘min banda tahoratni qilib bo‘lgandan keyin: "Subhanakallohu va bihamdika, ashhadu alla-a ilaha illa anta, astag‘firuka va atubu ilayk", desa, yaxshilik tamg‘asini bosadi. So‘ng u tamg‘a arshning tagiga qo‘yiladi. U qiyomat kunida egasiga qaytarilguncha sindirilmaydi". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling