Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
O‘TTIZINCHI BOB TAHORATNING FAZILATLARI 355. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) Abu Umoma Bohiliydan rivoyat qiladilar: "Men Amr ibn Abasaga: "Qanday qilib, Islomning to‘rtinchisi bo‘lding", dedim. Aytdilarki: "Men odamlarning zalolatda ekanini ko‘rardim. Sanamlardan boshqa narsalarni bilmasdim. So‘ng bir kishidan Makkadagi xabarlarni Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 164 eshitdim. Ulovimga minib, Makkaga keldim. Bu kunlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yashirin da’vat etardilar. Chunki qavmlari u zotning ishlariga to‘sqinlik qilar edi. Men u kishiga o‘zimni bildirib, oldilariga kirdim va: "Siz kimsiz?" deb savol berdim. U kishi: "Men payg‘ambarman", dedilar. Men: "Payg‘ambar degani nima?" deb so‘radim. "Allohning elchisi", dedilar. "Alloh sizni yubordimi?" dedim. "Ha", dedilar. "Sizni qaysi ish bilan yubordi?" deb so‘radim. "Allohni bir demog‘imiz va Unga hech narsani sherik qilmasligimiz, butlarni sindirish va qarindoshlikni bog‘lashimiz uchun", dedilar. "Siz bilan yana kimlar bor bu ishning boshida?" dedim. "Hurlar va qullar bor", dedilar. O‘shanda u kishi bilan birga Abu Bakr va Bilol bor edi. Men: "Sizga ergashaman", dedim. "Sen hozirgi kuningda hech ham qodir bo‘lmaysan. Hozir sen uyinga qayt va mening ishim ko‘ringanini eshitsang, menga ergash", dedilar. So‘ngra ahlimga qaytib, musulmon bo‘ldim". Amr ibn Abasa hikoyalarini davom ettiradilar: "O‘sha kunda men Islomdagi to‘rtinchi kishi bo‘lganman. (Ya’ni, o‘sha vaqtda bu to‘rttalaridan boshqa musulmon yo‘q edi). So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qildilar. Ulovimga minib, men ham Madinaga keldim va u zotning oldilariga kirib: "Ey Rasululloh, meni taniyapsizmi?" dedim. "Ha, tanidim, – dedilar, – Makkada mening oldimga kelgan sen emasmiding?" "Ey Rasululloh, Alloh sizga o‘rgatgan narsalardan menga ham o‘rgating", dedim. "Bomdod namozini o‘qiganingdan keyin quyosh chiqquncha namoz o‘qima. Quyosh chiqayotganda ham namoz o‘qima, to ko‘tarilguncha. Chunki u shaytonni ikki shoxi orasidan chiqadi. Shu vaqt kofirlar unga sajda qilishadi. Agar bir nayza bo‘yi yoki undan ko‘proq ko‘tarilsa, namoz o‘qiyver. Chunki namoz farishtalar hozir bo‘lib, guvohlik beradigan amaldir. Quyosh qiyomga yaqin bo‘lsa ham, namoz o‘qima, chunki bu paytda jahannam qizdiriladi. Agar zavolga ketsa, namozingni o‘qiyver, chunki namoz shohidlik beruvchidir. Keyin asrni o‘qi, uni o‘qiganingdan keyin quyosh botgunicha namoz o‘qima. Chunki u shaytonning ikki shoxi orasida botadi. Bu payt kofirlar sajda qilishadi", dedilar. Men aytdim: "Ey Allohning payg‘ambari, tahoratdan xabar bering". "Sizlardan kim tahorat qilishga kelsa, keyin og‘ziga suv olib, g‘arg‘ara qilsa, keyin burnini chaysa, qilgan xatolari og‘zidagi va burnidagi suv bilan yuvilib ketadi. So‘ng Alloh buyurganidek yuzini yuvsa, yuzining xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek qo‘lini tirsagigacha yuvsa, Alloh qo‘llarining xatolarini suv bilan chiqarib yuboradi. Keyin Alloh buyurganidek boshiga mash tortsa, boshidagi, sochining atrofidagi xatolar suv bilan chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek ikki oyog‘ini to‘piqlari bilan yuvsa, ikki oyog‘ining va barmoqlarining atrofidagi xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin turib Allohga hamd va sano aytib, ikki rak’at namoz o‘qisa, onasidan yangi tug‘ilgandek gunohlardan xoli bo‘ladi", dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam. 356. Faqih aytadilar: Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsalarni sizlarga aytaymi?" dedilar. "Ha", deyishdi. "Qiyinchilik vaqtlarda tahorat qilish, makruh narsalarga sabr etish, masjidlarga qadamlarni ko‘paytirish, namozning ketidan namozni kutish. Bu ishlar sizlarga qo‘rg‘ondir" (ya’ni, dushmandan qo‘rg‘ondir). Faqih aytadilar: Otam (r.a.) Abdulloh ibn Salomdan rivoyat qildilar: "Alloh tushirgan kitoblarning ba’zisida o‘qidimki, kim har tahorat ketganda, tahorat qilsa, xotinlarning huzuriga ko‘p kiravermasa, nohaqdan mol topgan bo‘lmasa, Alloh uni hisobsiz dunyo bilan rizqlantiradi". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling