Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "U masjidlarda ertayu kech u zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr etishdan mashg‘ul qilib qo‘ymas"
- "Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur"
www.ziyouz.com kutubxonasi
169 375. Abu Hurayra (r.a.) deydilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Namozga buyurmoqni qasd qilsam-u keyin namoz boshlansa, so‘ng yigitlar bilan o‘tin olib chiqib, azonni eshitib, namozga chiqmagan qavmning uylariga o‘t qo‘yib yuborsam". 376. Uboda ibn Somit (r.a.) Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qiladilar: "Besh vaqt namozni Alloh taolo bandalariga farz qildi. Kim bu namozlarni komil holatda bajarsa, ularning haqqini past sanab, noqis qilmasa, Alloh huzurida uning jannatga kirishiga ahd bordir. Kim ularning haqqini past sanab, tark qilsa, Alloh oldida u uchun hech qanday ahd yo‘qdir. Xohlasa, kechiradi, xohlasa azoblaydi". Atodan (r.a.) Allohning: "U masjidlarda ertayu kech u zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr etishdan mashg‘ul qilib qo‘ymas" (Nur,37), so‘zi xususida rivoyat qilindi: "Bu yerda farz namozlariga hozir bo‘lish haqida aytilyapti. "Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur" (Sajda, 16), degan so‘zi esa, tungi namoz haqidadir", dedilar u kishi. Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Qiyomat kunida barcha xaloyiq – insu jin bir tepalikda jam bo‘ladi. Barcha ummatlar cho‘k tushgan holda saflanadi. Shunda bir nido qiluvchi nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom sohiblarini bilib olasizlar, Allohga hamma hollarda hamd aytuvchilar o‘rinlaridan tursin". Ular turib, jannatga ketishadi, keyin yana nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalarini bilib olasizlar. Yonboshlari o‘rin-joylaridan uzoq bo‘lgan, qo‘rquv va umid bilan Rabbilariga duo qilgan, biz bergan rizqlardan infoq-ehson etgan zotlar tursin". Ular turib jannatga ketishadi. Keyin uchinchi marta nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalari kimligini bilib olasizlar. Tijorat va oldi-sotdi Allohni zikr etishdan, namozni qoim qilishdan va zakot berishdan to‘sib qo‘ymagan kishilar tursin". So‘ngra ular ham o‘rinlaridan turib, jannatga ketishadi. U uch toifa jannatdan o‘z joyini olgandan keyin do‘zaxdan bir bo‘lak o‘t chiqib, xaloyiqqa yaqin keladi. Uning ikki o‘tkir ko‘zi va so‘zga mohir tili bor. Aytadiki: "Men uch toifaga vakilman. Jabr beruvchi qaysarlarga vakil qilindim". Keyin saflarning ichidan qush kunjut donini terib olgandek, u ham odamlarni saralab terib oladi. So‘ng ularni olib jahannam ichiga yashirinadi. So‘ngra ikkinchi marta chiqadi va: "Men Allohga va rasuliga aziyat berganlarga vakil qilindim", deydi. Ularni ham saflardan terib oladi va birga jahannamga yashirinadi. So‘ng uchinchi marta chiqadi..." Abu Minhol aytadilar: "O‘ylashimcha, u: "Men tasvir ahliga vakil qilindim", deydi va saf ichidan saralab olib, ular bilan jahannamga yashirinadi. Avvalgi va keyingi uch toifa olinganidan so‘ng, nomai a’mol tarqatiladi, taroziga qo‘yiladi va odamlar hisobga chaqiriladi". Zikr qilinishicha, iblis avvalgi zamonlarda ko‘zga ko‘rinar edi. Bir kishi undan: "Ey Abu Murra, nima qilsam sendek bo‘laman?" deb so‘radi. Shayton: "Senga voy bo‘lsin, hech kim bu narsani mendan talab qilmagan edi. Sen qanday talab qilasan?" dedi. Kishi aytdiki: "Men shuni yaxshi ko‘raman", deb. Iblis unga: "Menga o‘xshashni xohlasang, namozni yengil bilib, unda dangasalik qil va to‘g‘ri narsaga qasam ichyapsanmi, noto‘g‘ri narsagami, parvo qilma", dedi. Kishi: "Batahqiq, men Alloh bilan namozni tashlamaslikka va hech ham qasam ichmaslikka ahdlashdim", dedi. Iblis aytdiki: "Sendan boshqa hech kim hiyla qilib mendan ta’lim olmagan edi va men Alloh bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling