Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
170 odamlarga nasihat qilmayman, deb ahdlashgan edim". Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Allohning mukarram bandalari quyosh va oyga rioya qiladilar". "Ey Abu Dardo, ular kimlar?" deb so‘rashdi. "Ular muazzinlar va namozining vaqtiga rioya qiluvchi musulmonlardir", dedilar u zot. 377. Ja’far ibn Muhammad otasidan, u kishi bobosidan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz Alloh taboraka va taoloning roziligi, maloikalarning yaxshi ko‘radigani, payg‘ambarlarning sunnati, ma’rifat nuri, imonning asli, duoning ijobati, amallarning qabul bo‘lishi, rizqdagi baraka, badan uchun rohat, dushmanlarga qarshi qurol, shaytonga yomonlik, o‘lim farishtasi va sohibi o‘rtasida shafoatchi, qabrda chiroq, tagida to‘shak, Munkar-Nakirga javob, qabrida qiyomat kunigacha hamroh. Qiyomat bo‘lsa, namoz uning tepasida soyaga aylanadi. Boshiga toj, badaniga kiyim, oldida harakat qiluvchi nur, sohibi va do‘zax orasida satr bo‘ladi va u Alloh taboraka va taolo huzurida mo‘minlar uchun hujjatdir. Tarozida og‘ir sirotdan o‘tishga ijozat va jannatga kirishga kalitdir. Chunki namoz tasbeh, hamd, tamjid, ulug‘lash, ta’zim va duodir, barcha amallarning afzali vaqtida o‘qilgan namozdir". 378. Hasan Basriydan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qiyomat kunida bandadan birinchi hisob qilinadigan narsa namozdir. Agar uni bajarib yurgan bo‘lsa, hisobi yengil bo‘ladi. Agar undan kamaytirgan bo‘lsa, Alloh taolo maloikalariga: "Bandamning nafl namozlari bormi? Farzlarni nafllar bilan to‘ldiringlar", deydi. Agar farzlar nafllar bilan to‘lsa, boshqa amallar ham shu kabi hisob-kitob qilinadi". Aytilishicha, kim besh vaqt namozni har doim jamoat bilan ado etsa, Alloh taolo unga beshta xislat beradi: Undan tirikchilik tangligini ko‘taradi; qabr azobini ketkazadi; kitobi o‘ng tomondan beriladi; sirotdan chaqmoqdek o‘tadi; jannatga hisobsiz kiradi. Besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qishga dangasalik qilgan kishini Alloh o‘n ikki ish bilan azoblaydi: Uchtasi shu dunyoda, uchtasi o‘lim paytida, uchtasi qabrda va uchtasi qiyomat kunida. Dunyodagi uchtasi: Kasbidan, rizqidan barakani ko‘taradi; boshqa amallari qabul qilinmaydi; yuzidan yaxshilik belgilari tortib olinadi va odamlarning qalbida unda g‘azab qilib qo‘yadi. O‘layotgan vaqtdagi uchtasi: Jonini chanqoq, och holatda va qattiqlik bilan oladi. Qabrdagi uchtasi: Munkar-Nakir so‘rovi, qabr qorong‘iligi va torligi. Qiyomatdagisi: Qattiq hisob, Allohning g‘azabi va do‘zaxda qattiq azob. Mujohiddan rivoyat qilinadi: "Bir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga keldi va: "Ey Abbosning o‘g‘li, siz kechalari namoz o‘qigan, kunduzi ro‘za tutgan, lekin jum’aga va jamoatga bormagan, keyin shu holatda o‘lgan kishi to‘g‘risida nima deysiz, u qaerda bo‘ladi?" deb so‘radi. Ibn Abbos (r.a.): "U do‘zaxda bo‘ladi", dedilar. U odam bir oy shu to‘g‘rida so‘radi. Ibn Abbos: "U do‘zaxda bo‘ladi", deb javob beraverdilar". Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Shunday zamon keladiki, Islomning ismigina qoladi, Qur’onning rasmigina qoladi. Odamlarning u kundagi masjidlari obod, baland, lekin hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi, ularning olimlari u vaqtda osmon ostidagi eng yomon olimlardir, fitna o‘sha olimlardan chiqib, yana o‘zlariga qaytadi". Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Allohdan hojatlarni so‘rashga namoz kabi boshqa yaxshi ibodat yo‘qdir. Avvalgilar katta g‘amlarini namoz bilan ketkazar edi, qaysi biriga g‘am |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling