Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
179 ham teng aytmog‘i. 7. Imomni qavmga malol kelmaydigan darajada kutmog‘i. 8. Masjidda uning joyini olgan kishiga g‘azab qilmasligi. 9. Azon va takbir orasidagi namozni uzun o‘qimasligi. 10. Masjidning tozaligiga e’tibor berib, har xil ifloslardan poklab yurmog‘i va kichkina bolalarni chetga olmog‘i. Imom ham o‘zining va unga ergashganlarning namozi to‘kis bo‘lishi uchun o‘nta xislatga muhtojdir: 1. Allohning kitobini to‘g‘ri o‘qimog‘i. 2. Takbirlari sahih va jazmli bo‘lmog‘i. 3. Ruku’ va sajdasi to‘kis bo‘lmog‘i. 4. Nafsini shubha va haromdan saqlamog‘i. 5. Kiyimini va badanini najosatdan pok tutmog‘i. 6. Qiroatni qisqa qilmog‘i, agar uzaytirsa, qavmning roziligi bilan uzaytirmog‘i. 7. O‘ziga ajablanmasligi, ya’ni, manmanlikka berilmasligi. 8. Allohdan jamiki gunohlarining mag‘firatini so‘ramaguncha namozga kirmasligi, chunki u orqasidagilarga shafe’dir. 9. Salom bergach, duoni faqat xos o‘zi uchun qilmasligi, agar shunday qilsa, qavmga xiyonat etgan bo‘ladi. 10. Agar masjidiga g‘arib kishi tushsa, uning ehtiyojlarini so‘ramog‘i. 398. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh kishiga jannatning kafolatini beraman. Eriga itoat qiladigan soliha xotin, ota-onasiga itoatli farzand, Makka safarida vafot etgan kishi, yaxshi xulq egasi, masjidda imon bilan savob umidida azon aytgan kishi". 399. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Imom – kafil, muazzin – omonatdor. Ey Parvardigor, imomlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgin va muazzinlarning gunohlarini kechirgin". Faqih aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam muazzinni "omonatdor" deb nomladilar. Chunki odamlar unga ro‘zalarini, namozlarini omonat topshiradilar. Musulmonlarning muazzin ustidagi xaqqi bomdod namoziga bomdod kirmasdan oldin azon aytmasligidir. Chunki ular namozlarida va saharliklarida shubhaga tushib qoladilar. Yana odamlar iftorliklarda shubhaga tushmasligi uchun quyosh botmaguncha shom namoziga azon aytmasligi kerak. Mana shu jihatlarda u "omonatdor" holatdadir. Imom esa, kafil, deyildi chunki u qavmning namoziga kafil bo‘ladi. Qavmning namozi uning namozi bilan yo fosid bo‘ladi va yo sahih. 400. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Uch toifa qiyomat kunida mushkdan bo‘lgan tepalikda turadi. Ularni hisob qo‘rqitmaydi va katta qo‘rqinchlar xafa qilmaydi. Qavmga imomlik qilgan va qavm undan rozi bo‘lgan kishi; Allohning roziligi uchun besh vaqt namozga azon aytgan kishi; Parvardigoriga va xo‘jayiniga itoat qilgan qul". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling