Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
180 401. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Musulmon kishi musulmonning uyiga faqat uning ruxsati bilan kirishi haloldir. Agar qarasa, xarob qilibdi va xarob qilsa, ahdni buzibdi. Musulmonga hojati tang qilib turgan paytda, bo‘shanmaguncha namoz o‘qimog‘i halol emas. Musulmon kishiga qavmning ruxsatisiz imomlik qilmog‘i halol emas, agar imomlik qilsa, qavmning namozi qabul bo‘lib, uniki marduddir. Imom o‘zigagina duo qilmaydi, agar qilsa, qavmga xiyonat qilgan bo‘ladi". 402. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Agar odamlar azonda va birinchi safda bo‘ladigan savobni bilganlarida edi, ikkovini qur’a tashlab talashardilar. Agar ular issiq vaqtdagi ibodat savobini bilganlarida edi, unda musobaqalashgan bo‘lardilar. Agar xufton va bomdod namoziga kelishning savobini bilganlarida edi, emaklab bo‘lsa ham kelardilar". 403. Zahhok aytadilar: "Abdulloh ibn Zayd azonni tushida ko‘rdi va Bilolga o‘rgatdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Bilolga tepaga chiqib azon aytishni buyurdilar. Azonni boshlaganida Madinada qattiq larza eshitildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Bu larza nimaligini bilasizlarmi?" dedilar. "Alloh va rasuli biladi", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bilolning azoni sabab Rabbingiz osmon eshiklariga buyurdi, arshgacha bo‘lgan darvozalar ochildi". Abu Bakr so‘radilarki: "Bu hol Bilolning o‘ziga xosmi yoki hamma mo‘minlargami?" Aytdilar: "Mo‘minlarning hammasi uchun. Albatta, muazzinlarning ruhi shahidlarning ruhi bilan birgadir. Qiyomat kunida chaqiruvchi: "Muazzinlar qaerda?" deb nido qiladi va ular kofur va mushkdan* bo‘lgan tepalikda qoim bo‘ladilar". 404. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Besh toifaning namozi namoz emas: Eriga g‘azabli xotinning; xo‘jayinidan qochib ketgan qulning, to qaytgunicha; birodaridan uch kundan ko‘p arazlashgan kishining; doimiy aroq ichuvchining; odamlar yomon ko‘rsa-da, imomlik qilaveradigan kishining". Faqih aytadilar: Odamlarning yomon ko‘rishi ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, agar jamoatda undan boshqasi yoki ilmlirog‘i bo‘la turib, namozni fosid qilgani yoki xato qiroat qilgani uchun yomon ko‘rsalar, shu yomon ko‘rishlari haqiqiy yomon ko‘rishdir. Bu holda imomning qavmga imomlik qilishi makruhdir. Agar qavmning yomon ko‘rishi uning qilayotgan amru ma’rufi tufayli yoki hasad sababli bo‘lsa va jamoatda undan bilimliroq bo‘lmasa, odamlarni yomon ko‘rishlari botildir va imom imomligini qilaveradi, gaplariga e’tibor bermaydi. 405. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Haq olmasdan azon aytuvchilar qiyomat kunida qabrlaridan azon aytgan hollarida chiqadi. Haq olmaydigan muazzinning ovozini eshitgan hamma narsa – tosh, daraxt, ho‘l-u quruq – hammasi guvohlik beradi. Uni Alloh taolo ovozi yetgan darajada mag‘firat qiladi va unga azoniga kelib namoz o‘qiganlar adadicha savob yozadi. Alloh takbir va azon orasida so‘ragan narsasini beradi. Uni yo dunyoda beradi, yoki oxiratga zaxira qilib qo‘yadi, yoxud undan yomonlikni ketkazadi. Qiyomat kunida jannat kiyimi birinchi bo‘lib Ibrohimga (a.s.), keyin Muhammadga (a.s.) kiygiziladi. (Boshqa bir rivoyatda avval Muhammad (a.s.), keyin Ibrohimga (a.s.), keyin rasullar va nabiylarga (alayhissolatu vassalom) deyilgan). Keyin savob umidida azon aytgan muazzinlarga. Ularni maloikalar qizil yoqut bilan bezatilgan ulovlarda ko‘tib oladilar. Keyin ulardan har |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling