Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
188 Bugun gapirishni ham o‘zimga karih ko‘rdim", deb javob qildilar. Bir zohidning bunday degani rivoyat qilingan: "Masjidda bir narsaga suyangan emasman, oyoqlarimni cho‘zib o‘tirmaganman va dunyo so‘zlarini gapirmaganman". U zot bu gapni boshqalar ham shunday bo‘lishi uchun aytganlar. Faqih aytadilar: Bandaning Alloh taolo huzurida bir o‘rni bo‘ladi. Agar Allohning amrlarini ulug‘ tutsa, Uning uylarini va bandalarini hurmat qilsa (Allohning uylari masjidlardir). Mo‘min ularni ulug‘lashi lozim. Chunki masjidlarni ulug‘lash Allohni ulug‘lashdir. Avzoiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari va tobe’inlar har doim go‘zal suratda besh ish ustida edilar: Jamoatni mahkam ushlash, sunnatga ergashish, masjidni obod qilish, Qur’-on tilovat etish va Alloh yo‘lida jahd qilish". Hasan ibn Ali (r.a.) aytadilar: "Uch kishi Allohning himoyasida bo‘ladi. Masjidga Alloh uchun kirgan kishi, u Allohning mehmonidir, toki undan chiqqunicha; musulmon birodarini Alloh uchun ziyorat qilgan kishi, u Allohning ziyoratchilaridandir, toki uning oldidan qaytgunicha; haj va umraga Alloh uchungina chiqqan kishi, u Allohning elchisidir, toki ahliga qaytgunicha". Rivoyat. Mo‘minning qo‘rg‘oni uchta. Masjid, Qur’on tilovati va Allohni zikr qilish. Agar bulardan birontasida bo‘lmasa, u shaytonning qo‘rg‘onida bo‘ladi. Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Jannat hurlarining mahri masjidni supurish va uni obod qilishdir". 429. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Kim masjidga chiroq yoqsa, maloikalar va arshni ko‘tarib turuvchi farishtalar, o‘sha chiroq masjidda ekan, uning haqqiga istig‘for aytadilar" 430. Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Masjidlar Allohning yerdagi uylaridir. Undagi namozxon Allohni ziyorat qiluvchidir. Mezbon ziyoratga kelgan kishiga ikrom ko‘rsatishga burchlidir". Faqih aytadilar: Aytilishicha, masjidlarni hurmat qilish o‘n besh xislatdan iboratdir: 1. Kirgan vaqtda qavm o‘tirgan bo‘lsa, salom bermoq va agar hech kim bo‘lmasa yoki namozda bo‘lsalar, "Assalamu ‘alayna mir-Robbina va ‘ala ‘ibadillahis-solihin" (Rabbimizdan bizlarga va solih bandalarga salom bo‘lsin), deb aytmoq. 2. O‘tirmasdan oldin ikki rak’at namoz o‘qimoq. 431. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har narsaning haqqi bo‘ladi. Masjidning haqqi rak’at namozdir". 3. Masjidda oldi-sotdi qilmaslik. 4. Masjidda qilich yalang‘ochlamaslik. 5. Yo‘qolgan narsani unda e’lon qilmaslik. 6. Allohning zikridan boshqa vaqtda ovozni ko‘tarmaslik. 7. U yerda dunyo hodisalaridan hech narsani gapirmaslik. 8. Odamlarning ustidan hatlab o‘tmaslik. 9. Joy talashmaslik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling