Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
187 ______________ Jum’aning fazilati bobi hadislari 417-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 418-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 419-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 420-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 421-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan. 422-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 423-hadis. Hasan. Ahmad, Ibn Mojja, Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 424-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 425-hadis. Zaif. Shofe’iy “Al-umm” va “Musnad”da, Ibn Jarir tafsirida keltirgan. 426-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. O‘TTIZ BESHINCHI BOB MASJIDLARNING HURMATI 427. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Sizlardan birontangiz masjidga kirsa, ikki rak’at namoz o‘qimasdan o‘tirmasin". Faqih aytadilar: Bu ish muboh vaqtda bo‘lsa joiz, ammo asr namozini o‘qigandan keyin yoki bomdoddan keyin masjidga kirsa, namoz o‘qimog‘i joiz emas. Chunki bu vaqtlarda namoz o‘qishdan qaytarilgan, lekin tasbeh va tahlil aytsa bo‘ladi, shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsa ham, joiz va bular bilan namozning fazliga yetib, masjid haqqini ado qiladi. 428. Abu Dardoga (r.a.) Salmon Forsiyning xizmatkor sotib olganlari xabari yetdi. Abu Dardo u kishiga xat yozib, bu ishi uchun tanbeh berdilar. Xatlarida quyidagilar yozilgan edi: "Ey birodarim, senga balo kelmasdan oldin ibodat uchun forig‘ bo‘lgin. Balo tushgandan keyin ibodatga qodir bo‘lmaysan. Balolangan mo‘minning da’vatini g‘animat bil va yetimlarga rahm qil, boshlarini sila. Taomingdan berib, ularni taomlantir. Shunda qalbing yumshaydi, hojatinga yetasan. Men bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bir kishining qalbi qattiqligidan shikoyat qilganini ko‘rgan edim. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan edilar: "Qalbing muloyim bo‘lib, hojating chiqishini xohlasang, yetimlarga rahm qil, boshini sila va ularni taomingdan taomlantir". Ey birodarim, masjid uying bo‘lsin, men Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam eshitdimki, "Masjidlar taqvodorlarning uyidir. Alloh taolo kimning uyi masjid bo‘lsa, ularga rohat va xursandchilikning kafolatini beradi, sirot ustidan o‘tishiga va do‘zaxdan najot topishga Parvardigorning roziligini olishiga ham kafil bo‘ladi", deganlar u zot". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Hakim ibn Umayr aytadilar: "Dunyoda mehmondek bo‘linglar, masjidlarni uy qilib olinglar va qalblaringizni yumshoqlikka odatlantiringlar. Tafakkur va yig‘ini ko‘paytiringlar. Hoyu havas sizlarni ixtilofga solib qo‘ymasin". Qatoda (r.a.) aytadilar: "Mo‘min faqat uch joydagina ko‘rinadi: Obod qilgan masjidida, turadigan uyida, zarur bo‘lgan hojatlari uchun". Nazzol ibn Sabra aytadilar: "Masjiddagi munofiq qafasdagi qush kabidir". Xalaf ibn Ayyubdan rivoyat. U kishi masjidda o‘tirgan edilar. Xizmatkori kelib, bir narsa so‘radi. U kishi o‘rnidan turib, masjiddan chiqdilar va unga javob berdilar. Bu holning sababini so‘rashgan edi: "Dunyo so‘zini masjidda falon yildan beri gapirmagan edim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling