Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Inson shoshqaloq holda yaratilgandir"
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"Inson shoshqaloq holda yaratilgandir", deb aytgan (Anbiyo, 37)".
Said ibn Musayyab aytadilar: "Jum’a namoziga hozir bo‘lishim menga nafl hajlarini qilishdan sevimliroqdir". Ka’bul Ahbor aytadilar: "Bir qadah olov ichmog‘im men uchun bir qadah aroq ichish yaxshiroq. Bir qadah aroq ichmog‘im namozi jum’aga bormay qolishimdan yaxshiroq. Namozi jum’aga bormay qolishim odamlarning saflari ustidan hatlab o‘tishdan yaxshiroq". 422. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarda bir oyatni tilovat qilar edilar. Shunda Ibn Mas’ud Ubay ibn Ka’bdan bu oyatning qachon nozil Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 185 bo‘lganini so‘radi. U ko‘zini yumdi. Tarqalganlarida Ubay u kishiga aytdi: "Bugungi namozingdan nasibangni lag‘v qilib yo‘qotding". Abdulloh Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirdi va bo‘lib o‘tgan gap haqida so‘radi. U zot sollallohu alayhi vasallam: "Ubay to‘g‘ri aytibdi", dedilar, keyin aytdilarki: "Qaysi banda jum’a kuni yuvinsa va yaxshi kiyimlarini kiysa va xush bo‘ydan o‘ziga sepsa, keyin jum’aga kelib, hech kimga ozor bermasa va odamlarning ustidan hatlab o‘tmasa, so‘ngra Alloh buyurganidek namoz o‘qisa va imom minbarga chiqqanda jim o‘tirsa, Alloh uning ikki jum’a orasidagi gunohlarini kechiradi". 423. Abu Luboba ibn Abdulmunzir rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jum’a kuni kunlarning sayyidi va Alloh nazdida eng ulug‘idir. U Allohning huzurida Ramazon va Qur’on hayitlaridan ulug‘roqdir. Unda beshta xislat bor: Alloh Odamni shu kunda yaratdi, shu kunda Alloh taolo uni yerga tushirdi, shu kunda Odam vafot etdi, u kunda shunday bir soat borki, o‘sha soatda Allohdan nimani so‘rasa, faqat harom narsadan boshqasini, albatta, beradi, shu kunda qiyomat qoim bo‘ladi, Parvardigori huzuridagi muqarrab farishtalar, osmon va yerdagi bor farishtalar jum’a kuniga mushtoqdir". 424. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Jum’a kuni bo‘lsa, shayton o‘zining yordamchilari bilan odamlarni bozorlarida ushlab qolish uchun chiqadi. Ularning qo‘llarida bayroqlari bo‘ladi. Maloikalar masjidning eshigi oldiga o‘tirib olishib, odamlarning o‘tirgan o‘rinlariga qarab yozaveradilar, to imom minbarga chiqguncha. Kim imomga yaqinroq o‘tirib, jimlik bilan eshitsa, behuda so‘z qilmasa, unga ikki xazina ajr bo‘ladi. Kim imomga uzoqroq yerda o‘tirib, xutbaga quloq solsa, lag‘v qilmasa, unga bir xazina ajr bo‘ladi. Kim imomga yaqin kelib, bekorchi gaplarni gapirsa va xutbani eshitmasa, unga ikki xazina gunoh bo‘ladi. Kim, jim turgin, desa ham, gapiribdi, gapirsa, lag‘v qilibdi. Kim lag‘v qilsa, jum’asidan mahrumdir". Keyin Ali (r.a.) aytdilar: "Bu gaplarni Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman". Faqih aytadilar: Eshitishimizcha, Solih Marriy jum’a kechasida jome’ masjidda bomdodni o‘qimoqchi bo‘lib kelayotib, qabriston oldidan o‘tdi. Tong otguncha shu yerda turib turay, deb maqbaraga kirdi va ikki rak’at namoz o‘qidi. Keyin qabrga suyanib o‘tirib, ko‘zlarini uyqu elitdi. Tushida ahli qabrlarning qabrlaridan chiqib kelayotganini ko‘rdi. Ular halqa- halqa bo‘lib olishib, o‘tirib gaplasha boshladilar. Bir payt kir kiyimda bir yigit chiqib kelib, chekkada xafa holda o‘tirdi. Ko‘p o‘tmay, haligilarga ro‘molchalar bilan o‘ralgan sovg‘alarni olib kelishdi. Har birlari o‘ziga kelgan sovg‘alarni olib, qabrlariga kirib ketishdi. Haligi yigitga hech narsa kelmadi, xafa bo‘lib, qabrga kirmoqchi bo‘layotganida: "Senga nima bo‘lgan?" deb so‘radi. Yigit: "Ey Solih Marriy, siz tovoqlarni ko‘rdingizmi?" dedi. "Ha, ular nima edi?" deb so‘radi. "Ular tiriklarning o‘liklarga sovg‘asidir, – dedi, – ularning birodarlari jum’a kuni sadaqalar qilishadi, men sind ahlidan edim, onam bilan haj uchun yo‘lga chiqdim, Basraga kelganimda vafot etdim va onam mendan keyin erga tegdi, eriga mening ham bir o‘g‘lim bor edi, deb aytmadi, keyinchalik onam dunyo bilan bo‘lib, meni tili bilan ham, ehsonlari bilan ham eslamadi, mening xafa bo‘lishga haqqim bor, chunki mendan keyin meni eslaydigan hech kim qolmagan". Solih: "Onangning uyi qaerda?" deb so‘radi. So‘ng u uyining qaerdaligini aytdi. Tong ottirganidan keyin namozini o‘qib, o‘sha uyni so‘rishtira boshladi. Odamlar unga uyni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling