Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahli ayolga nafaqa qilish bobi hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi
212 va uning uchun shahar barpo etiladi, yana Alloh taolo unga nomai a’molini o‘ng tomonidan beradi", dedilar". 501. Jobir (r.a.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farzandlarni yaxshi ko‘rish do‘zaxdan pardadir. Ular bilan birga ovqatlanish do‘zaxdan panoh topish va ularga ikrom ko‘rsatish jannatga o‘tishga ruxsatnomadir». Alloh biluvchiroqdir. ________________ Ahli ayolga nafaqa qilish bobi hadislari 488-hadis. Sahih. Tabaroniy rivoyat qilgan. 489-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan. 490-hadis. Sahih. Ahmad, Asbahoniy rivoyat qilgan. 491-hadis. Sanadi topilmadi. 492-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad, rivoyat qilgan. 493-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 494-hadis. Zaif. 495-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 496-hadis. Hasan. Termiziy, Ibn Abu Shaybo rivoyat qilgan. 497–501-hadislar. Sanadi topilmadi. QIRQ UCHINCHI BOB QO‘L OSTDAGILARNING RIOYASI HAQIDA 502. Ato ibn Yasor aytadilar: "Abu Zarr (r.a.) xizmatkorining yuziga urdilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bu haqda shikoyat qilishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz o‘qiydigan xizmatkorlaringizning yuziga urmanglar, o‘zlaringiz yeydigan narsadan ovqatlantiringlar va o‘zlaringiz kiyadigan kiyimdan kiydiringlar. Agar ulardan shubha qilsalaringiz, sotib yuboringlar". Omir Sha’biy (r.a.) rivoyat qiladi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri xotinidan suv so‘radilar. Xotini cho‘risini chaqirdi. Cho‘ri sekin kelgan edi, xotini uni zinoga oid so‘z bilan so‘kdi. Sahobiy: "Ogoh bo‘l, sen unga qiyomat kunida dushman bo‘lasan yoki sen aytgandek shohidlik beradigan to‘rtta shohid keltirasan", dedi. Xotini bu so‘zlarni eshitib cho‘rini ozod qildi. Sahobiy keyin: "Bu ishing gunohing kafforatiga yaqin bo‘ldi", dedi". 503. Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qul birodarlaringizni Alloh taolo sizlarning qo‘l ostingizda qilib qo‘ydi. Kimning birodari qo‘l ostida bo‘lsa, o‘zi yegan ovqatdan yedirsin, o‘zi kiygan kiyimdan kiydirsin. Ularni toqatlari ko‘tarmaydigan narsalarga buyurmasin, agar buyursanglar, ularga yordam beringlar". 504. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Quliga yomonlik qiluvchi jannatga kirmaydi. Ularni farzandlaringizni ikrom qilgandek, ikrom qilinglar va o‘zlaringiz yeydigan ovqatdan yediringlar", dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam. "Bizga dunyoda nima foydali?" deb so‘radim. "Allohning yo‘lida harakat qilish uchun bog‘lab qo‘yilgan ot va kifoya qiladigan qul, agar u namoz o‘qisa, birodaringizdir", dedilar". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling