Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
211 "Oila bilan bir soat o‘tirmoq men uchun masjidimda e’tikof o‘tirishdan yaxshiroq", dedilar. "Ey Allohning elchisi, oilasiga nafaqa qilish yaxshiroqmi yoki Alloh yo‘lida nafaqa qilishmi?" dedim. "Bir tangani oilasiga ishlatmoq men uchun Alloh yo‘lida ming tanga ishlatmoqdan yaxshi", dedilar. Keyin: "Ota-onaga yaxshilik qilmoq yaxshimi yoki ming yil ibodat qilishmi?" deb so‘radim. "Ey Anas, – dedilar, – "Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o‘chib yo‘qoldi" (Isro, 81). Ota-onaga yaxshilik qilish, menga ming yillik ibodatdan yaxshidir". 495. Abu Kabsha aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarga misol keltirdilar. "Dunyo to‘rt kishining ishiga o‘xshaydi. Bir kishiga Alloh ilm va mol berdi. U molini ilmi bilan ishlatdi. Bir kishiga ilm berdi, mol bermadi, u: "Agar Alloh taolo menga ham falonchiga o‘xshab berganda, u qilgan ishni men ham qilardim", dedi. O‘shanda ikkovining ajri barobardir. Bir kishiga Alloh mol berdi, ilm bermadi, u zakotni ado etmadi va molini botil narsaga ishlatdi. Bir kishiga mol ham, ilm ham bermadi. U: "Agar Alloh taolo menga ham falonchiga bergani kabi berganida, u mol bilan falonchi qilgan ishni (ya’ni, botil ishni) qilardim", dedi. Unda ikkalasining gunohi barobardir". 496. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Albatta, jannatda bir uy bordir. Tashqarisidan ichi, ichidan tashqarisi ko‘rinadi", dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam. "Ey Allohning elchisi, u uyda kimlar turishadi?" deb so‘rashdi. "Ular taom beradilar, yaxshi gapiradilar, ro‘zalarini davomli tutadilar, salomni yoyadilar va odamlar uxlaganda kechasi namoz o‘qiydilar", dedilar. "Bu ishlarni qilganlarga shunchalik ajr ekan, uni qila olmaganlar-chi?" deb so‘rashdi. "Kim "subhanalloh valhamdulillah va la-a ilaha illallohu vallohu akbar", desa yaxshi gap gapiribdi, kim ahlini taomlantirsa, tarqatibdi. Kim ramazon ro‘zasini tutsa, davomli ro‘za tutibdi. Kim birodariga uchraganda salom bersa, salomni yoyibdi. Kim oxirgi (namoz) xuftonni va bomdodni o‘qisa, odamlar uxlaganda kechasi namoz o‘qibdi". Bu yerda odamlardan murod yahudiylar va nasorolardir. 497. Solim otasidan, u Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: "Mo‘min Allohning do‘stidir, farzandi Allohning tuhfasi, kimga Alloh Islomda farzand bersa, uni ko‘proq o‘psin, chunki har bir o‘pishiga shahidning savobi bordir, har bir o‘pishiga jannatda bir uy bordir". 498. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo mo‘minni yaxshi ko‘radi. Uning oilasini va farzandini ham yaxshi ko‘radi. Allohga eng sevimli narsa kishining ayoli va bolalari bilan dasturxon ustida birga yeb o‘tirganini ko‘rishdir. Agar ular dasturxon ustida yig‘ilsalar, ularga rahmat nazari bilan qaraydi va joylaridan tarqalmasdan gunohlarini kechiradi". 499. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qaysi mo‘min farzandlari bilan birga ovqat yeyishni yaxshi ko‘rsa, arshning tagidan o‘nta farishta: "Ey Allohning bandasi, amalingni boshla, Alloh gunohlaringni kechirdi", deb nido qiladi". 500. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Agar mo‘min kishi farzandlari bilan birga ovqatlansa, bir qul ozod qilganning savobi yoziladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling