Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Kim chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur). Kim biron yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas"
www.ziyouz.com kutubxonasi
229 kichrayadi va uni kechiradi. Ammo gunohkor gunohini kichik sanasa, Alloh taolo nazdida u katta gunohga aylanadi. Chunki kichik gunohlar davom ettirish bilan kattaradi. Shuningdek, sahobalardan (r.a.) ham rivoyat qilinadiki: "Davomiylik bilan gunoh kichraymaydi, istig‘for so‘rashlik bilan katta bo‘lmaydi". Avvom ibn Havshabdan rivoyat qilinadi: "Gunohdan keyingi to‘rt narsa o‘sha gunohning o‘zidan-da yomondir: Uni kichkina sanash, g‘ururlanish, gunoh bilan xursand bo‘lish va davomiylik". Faqih (r.a.) aytadilar: "Kim chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur). Kim biron yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas" - (An’om, 160), degan oyat sizlarni aldab qo‘ymasin. Bu yerda qiyomat kuni yaxshilik bilan kelish shart qilinmoqda. Amal qilish oson, lekin uni qiyomat kuniga olib kelish og‘irdir. Agar yomonlik bitta bo‘lsa ham, unda o‘nta ayb bor. 1. Agar banda biron gunoh qilsa, Allohni g‘azablantiradi. U zot hamisha uning ustida qodir zotdir. 2. Alloh taologa yomon narsaga yaqin bo‘ladi, u ham bo‘lsa, o‘zining dushmani shaytondir. 3. U yaxshi joylardan uzoqlashadi. U jannatdir. 4. Yomon joylarga yaqinlashadi. U do‘zaxdir. 5. O‘zi yaxshi ko‘rgan narsaga zulm qiladi. U nafsidir. 6. Nafsini iflos qiladi. Uni Alloh pok holda yaratgan edi. 7. Sheriklariga aziyat beradi. Ular o‘ng va chap yelkadagi farishtalardir. 8. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni qabrlarida xafa qiladi. 9. Nafsiga qarshi yerni, kunduz va kechani guvoh qiladi va bu bilan ularga ozor beradi. 10. Odamlar va boshqa barcha maxluqotlarga xiyonat qilgan bo‘ladi. Odamlarga uning xiyonati shuki, u bironta kishiga guvohlik bersa, gunohi tufayli uning guvohligi qabul qilinmaydi va natijada bir do‘stining haqqini botil qiladi. Butun maxluqotlarga xiyonati esa, u gunohi bilan yomg‘irni kamaytiradi. Bu ishi butun borliqqa xiyonatdir. Sen gunoh qilishdan saqlan, zero gunohda shuncha ayblar mavjud, qolaversa, o‘zingning nafsingga zulmdir. Aytiladiki, baxillarning baxili o‘zining baxtli bo‘lishiga baxillik qilgan kishidir va zulmlarning kattasi Alloh taologa gunoh qilish bilan kishining o‘z nafsiga zulm qilishdir. Chunki kim gunoh qilsa, o‘z nafsini halok etgan bo‘ladi. Hakimlarning ba’zilari aytadilar: "Gunohdan saqlaninglar, chunki gunoh shumlikdir, uning shumligi manjaniqning 1 toshiga aylanadi. So‘ngra uni itoat devoriga otadi va devorni sindiradi. Keyin havoyi nafs shamoli kirib, ma’rifat chirog‘ini o‘chiradi". Ba’zi hakimlarga: "Bizlar ilmni eshitamiz, lekin undan foydalana olmaymiz", deyishdi. Aytdilar: "Besh xislat tufayli shunday bo‘ladi: 1. Alloh sizlarga ne’mat berdi, unga shukr qilmaysizlar. 2. Agar gunoh qilsangizlar, istig‘for so‘ramaysizlar. 3. Ilmdan bilgan narsalaringizga amal qilmaysizlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling