Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Kim yomon amal qilsa, u bilan jazolanadi"


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

"Kim yomon amal qilsa, u bilan jazolanadi" (Niso, 123), deyilgan. 
Qosim ibn Muhammad Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. U kishidan: "Ko‘p gunohi va 
ko‘p amali bo‘lgan kishi ajibroqmi yoki oz gunoh va oz amali bo‘lgan kishimi?" deb 
so‘rashdi. Aytdilar: "Salomatlikka hech narsani tenglashtirmayman", ya’ni, ozgina gunoh 
yaxshiroq. 
Ulamolarning ba’zilari aytadi: "Har bir kam amal qiluvchi itoat bilan amal qiladi, lekin 
karim kishi gunohni tashlagan kishidir". 
Faqih (r.a.) aytadilar: Alloh kitobida gunohni tark qilish itoat amallaridan afzalligiga dalil 
bordir. Chunki Alloh taolo yaxshilikni oxiratga olib kelishni shart qildi va gunohlar 
masalasida uni tark etishdan boshqa narsa shart qilinmadi. 
Alloh taolo aytadi: 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
"Kim yaxshi amal qilsa, unga o‘n barobar (qaytarilur)" (An’om, 160); 
"Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) 
Parvardigorining (huzurida) turishi (va U zotga hisob-kitob berishi)dan 
qo‘rqqan va nafsini havoyu xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat 
jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur" (Noziot, 40–41). 
Havoyi nafs hamma gunohlarning aslidir. Darhaqiqat, toatlarda ko‘p jihatlar, vaqtlar 
shart qilindi. Shundan so‘ng Alloh xohlasa, qabul qiladi va jannatga o‘z rahmati va fazli 
bilan kirgizadi, agar xohlasa, qaytaradi. Gunohlarni tashlashda uni tark qilishdan boshqa 
narsani shart qilmadi va jannatga kirgizishni va’da berdi: 
"Agar sizlar man’ etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan 
kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil – jannatga 
kiriturmiz" (Niso, 31). 
561. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh taolo qaytargan narsaning 
ozginasini tark qilish ins va jin ibodatlaridan yaxshidir". 
_____________ 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling