Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir, kim yomon amal qilsa, o‘z ziyoniga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir, kim yomon amal qilsa, o‘z ziyoniga
qilur" (Fussilot, 46), deb aytgan". Ya’ni, agar birovga yaxshilik qilsam, o‘zimga yaxshilik qilgan bo‘laman, birovga yomonlik qilsam ham, o‘zimga yomonlik qilgan bo‘laman. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 233 566. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Haromdan bir daniq (o‘lchov birligi – muh.) qaytarish Allohning huzurida yetmishta mabrur hajdan afzaldir". 567. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim Alloh taoloning yuzi haqida so‘rasa, la’natlangandir. Kim Alloh taoloning yuzi haqida so‘ralsa, so‘rovchini umuman so‘ramaydigan qilib qaytarsin. Muslim birodariga zarar bergan yoki makr qilgan kishi la’natlangandir. Yolg‘on gapirgan la’natlangandir. Bir yilda bir poklanmaydigan mol la’natlangandir. Har yili bir kun baloga yo‘liqmagan (sinalmagan) tan la’natlangandir, ya’ni, oyog‘i qoqilib yiqilmagan bo‘lsa, musibat yetmagan bo‘lsa, kasal bo‘lmagan bo‘lsa, biron joy tirnalmagan bo‘lsa, ko‘z og‘rimagan bo‘lsa". 568. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qilib: "Ey Iso, bani Isroil jamoasiga ayt, Men podshohlarning podshohiman, ularning qalblariga qudratim bilan egalik qilib turaman. Agar itoat qilishsa, podshohlarni ularga mehribon qilib qo‘yaman, agar Menga osiylik qilishsa, podshohlarni ularga zulmkor qilib qo‘yaman, shunda ularni badduo qilish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmanglar, balki Menga tavba qilinglar, ularni sizlarga shafqatli qilib qo‘yaman", dedi". 569. Faqih (r.a.) aytadilar: Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: "Muhojirlardan bittasining Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga hojati tushdi. U kishi bilan bir xoliroq joyda uchrashmoqni xohladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Batho degan joydagi lashkargohda edilar. U zot kechasi kelib, bomdodgacha aylanardilar, keyin qaytib ketardilar. So‘ngra bomdodni o‘qir edilar. Bir kuni aylanib bo‘lgach, muhojir kishi u zotning oldilariga kelib, tuyalarini yuganidan ushladi va: "Ey Allohning elchisi, mening sizda hojatim bor", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Meni qo‘y, yaqinda hojatingga yetasan". Muhojir kishi bosh tortdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ushlanib qolishdan qo‘rqib, uni qamchi bilan bir turtdilar. Keyin bomdod namozini o‘qidilar. Bomdodni o‘qib bo‘lib, yuzlarini qavmga burdilar, qavm atroflarida to‘plandi. "Boya men qamchi bilan turtgan kishi qaerda?" dedilar. Keyin: "Agar qavmning ichida bo‘lsa, tursin", deb aytdilar. Haligi kishi: "Alloh taolo bilan, so‘ng payg‘ambari bilan panoh tilayman", der edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Yaqinroq kel, menga yaqin kel", dedilar. Yaqin keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning oldiga o‘tib, qamchini berdilar va: "Men urganimdek sen ham meni qamchi bilan ur, mendan qasos ol", dedilar. Haligi kishi: "Allohdan payg‘ambarini urishdan panoh tilayman", dedi. Payg‘ambar aytdilar: "Yegan tayog‘ingni ol, qasos ol, buning zarari yo‘q". Muhojir yana: "Allohdan payg‘ambarini tayoqlashdan panoh tilayman", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kechir, yoki qasos ol". U qamchini uloqtirib yuborib: "Kechirdim, ey Allohning elchisi", dedi. So‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey odamlar, Parvardigoringizdan qo‘rqinglar. Qaysilaringiz mo‘minlarga zulm qilsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni o‘ch oladi". 570. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohga qasamki, qiyomat kuni haqdor kishilarga haqlari to‘la-to‘kis ado qilinadi, hatto shoxli qo‘chqordan shoxsiz qo‘chqorning ham haqqi olib beriladi". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling