Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
234 571. U zot sollallohu alayhi vasallam yana aytadilar: "Mazlumlar qiyomat kunida najot topgan kishilardir". Sufyoni Savriy (r.a.) aytadilar: "Alloh taologa o‘zing bilan Alloh o‘rtasidagi yetmish gunoh bilan uchrashmog‘ing o‘zing bilan bandalar orasidagi bitta gunoh bilan uchrashmog‘ingdan yaxshiroqdir". Ibrohim Adham (r.a.) aytadilar: "Kishining qarzi bo‘la turib, yog‘ yeyishi yoki ozginasidan ham foydalanishi durust emas". Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: "Alloh taoloning kitobidan bir oyatni o‘qib, unga amal qilish menga Qur’onni ming marta xatm qilishdan yaxshidir. Mo‘minni xursand etish va hojatini chiqarish menga bir umr ibodat qilib o‘tishdan yaxshidir. Dunyoni tark etish va undan bosh tortish menga yer va osmon ahllari ibodatini qilishimdan yaxshidir. Haromning bir misqolchasini tashlashim menga yuzta halol mol bilan qilgan hajdan yaxshidir". Abu Bakr Varroq aytadilar: "Imon ko‘pincha qalbdan o‘lim vaqtida sug‘urib olinadi. Gunohlarimizga qaradik, gunohlar ichida imonni qalbdan eng tez sug‘urib oluvchisi bandalarga yetkazilgan zulm ekan". Abul Qosim Hakimdan so‘rashdi: "Bandani imondan ayiradigan gunoh bormi?" Aytdilar: "Ha. Uch narsa bandani imondan ayiradi: 1. Islomga (ya’ni, musulmon bo‘lganiga) shukrni tark qilish. 2. Islomning ketib qolishdan qo‘rqmaslik. 3. Islom ahliga zulm qilish". 572. Anas (r.a.) rivoyat etadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kishiga uch narsani nasihat qilib aytdilar: "O‘limni eslashni ko‘paytir, shunda boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lishni tark qilasan, shukrni mahkam tut, u ne’matni ziyoda qiladi, duoni ham mahkam tut, chunki duoing qachon mustajob bo‘ladi, bilmaysan. Uch narsadan seni qaytaraman: Ahdni buzma, uning buzilishiga ham yordam berma, zulmdan saqlan. Kim birovga zulm qilsa, Alloh taolo zulm ko‘rgan kishiga yordam beradi. Makrdan saqlan. Chunki makr yomonlik keltiradi". Zayd ibn Sumra aytadilar: "Jahannamda dengiz sohiliga o‘xshagan bir joy mavjud. Unda tuyadek keladigan ilonlar, chayonlar bor. Agar jahannam ahli azoblarning yengil bo‘lmog‘i uchun yordam so‘rasalar, sohilga chiqinglar, deyiladi. Chiqsalar, ilonlar ularning lablaridan, yuzlaridan Alloh xohlaganicha tishlab olishadi. So‘ngra terilarini shilishadi. Ular yordam so‘rab, do‘zaxga qochadilar. Ular qichima kasaliga giriftor qilinadi. Terilarini qashiyverganlaridan suyaklari ko‘rinib ketadi. Shunda: "Ey falonchi, senga bu hol azob beryaptimi?" deyiladi. U "Ha", deydi. "Bu hol sening bergan aziyatlaring mahsuli, sen mo‘minlarga zulm qilarding", deyiladi. Bu ma’no Alloh taoloning so‘zidan olingan: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling