Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
QIRQ YETTINCHI BOB
GUNOHLAR HAQIDAGI RIVOYATLAR 553. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo Musoga (a.s.) bergan sahifalar ichida o‘nta bob bo‘lib, birinchi sahifada yozilgan kalima bu edi: "Ey Muso, Menga hech shirk keltirma. Mening mushriklar yuzi o‘tda yonishi haqidagi so‘zim haqdir. Menga shukr qil, ota-onangga shukr qil, shunda seni halokatdan saqlayman va umringni ziyoda qilaman, yaxshi hayotda yashattiraman va yanada yaxshirog‘iga burib qo‘yaman. Men o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirma, Men uni harom qildim. Mabodo, bu ishni qilsang, yer senga kengligi bilan ham torlik, osmon shuncha kattaligi bilan ham tanglik qiladi, g‘azabim bilan do‘zaxga tushib qolasan. Mening ismim bilan yolg‘on va gunohkor holatda qasam ichma. Chunki kim Meni poklamasa, ismlarimni ulug‘ tutmasa, uni ham poklamayman. Odamlarga Men bergan narsalarga hasad qilma. Chunki hasadchi Mening ne’matlarimning dushmani, qazoimni rad etuvchi, Men taqsim qilib bergan narsaga g‘azablanuvchidir. Kim shunday qilsa, u Mendan emas, Men undan emasman. Qulog‘ing ma’nosiga yetmagan, aqling anglay olmagan, qalbing bog‘lanmagan narsalarga guvohlik berma. Men qiyomat kuni guvohlarni bergan guvohliklari to‘g‘rimi yoki yo‘qmi, qattiq so‘roq qilaman. O‘g‘rilik qilma, qo‘shnining xotini bilan zino qilma. Agar qilsang, sendan yuzimni va osmon eshiklarini berkitaman (ya’ni, duolarni qabul qilmayman), o‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarni odamlarga ham yaxshi ko‘r. Mendan boshqaga atab qurbonlik so‘yma, faqat Mening nomimni atab so‘yilgan qurbonliklarni qabul qilaman. Agar u Mening yo‘limda xolis bo‘lgan bo‘lsa, shanba kuni men uchun hamma narsadan ajral va uyingdagi hamma ahllaringdan uzoq bo‘l". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling