Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar"
- "Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz"
www.ziyouz.com kutubxonasi
223 "Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq qilingizlar" (Baqara, 267). 544. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hech kim peshona teri bilan topib yegan taomidan yaxshiroq taom yemaydi. Allohning payg‘ambari Dovud o‘zi mehnat qilib, topib yer edi. Alloh pokdir va pok narsani qabul qiladi. Alloh taolo payg‘ambarlarga buyurgan narsalarni mo‘minlarga ham buyurdi. Aytdiki: "Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar" (Mo‘minlar, 51); "Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar" (Baqara, 172)". Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni zikr qildilar: "Bir kishi uzoq safar qilib, sochlari to‘zg‘igan, yuzlariga g‘ubor qo‘ngan holda: "Ey Rabbim, ey Rabbim", deb, osmonga qo‘lini ko‘taradi, holbuki, uning taomi harom, sharbati harom, kiyimi harom, uyqusi harom, yurishi harom, kelishi harom, endi qanaqasiga uning duosi ijobat qilinsin. Bir zamonlar keladiki, kishi olgan narsasi haloldanmi, haromdanmi, parvo qilmaydi". "Alloh taolo pokdir", degan so‘zlaridan murod Alloh barcha kamchiliklardan, ayb va nuqsonlardan pok zot ekanidir. Agar banda pok, deyilsa, uning razil xulqlardan va yomon amallardan xoli ekani tushuniladi. Agar amallar pok, deyilsa, yaxshi molning haloli tushuniladi. Xullas, hadisning ma’nosi – Alloh bilguvchiroq – U zot ayblardan pok zotdir. Aybli narsalarni qilmaydi, Unga yaqinlashish Unga loyiq bo‘lgan amallar bilangina mumkin. Kalomida aytadi: "Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz" (Oli Imron, 92). "Uzoq safarda yuzlariga g‘ubor qo‘ngan, sochlari to‘zg‘igan holda", deganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hajga ketayotgan kishini nazarda tutdilar. Unday kishi safarda sochlari to‘ziydi, ust-boshiga tuproq-chang o‘tiradi, qiyinchilik, ochlik, chanqoqlik va bedorlik bilan Allohning baytiga yetadi, uni tavof qilib, shu holatida Allohga duo etadi. Duosining ijobatini va hajining qabulini umid qiladi. Ammo duosi ijobat qilinmaydi, haromdan sarflagan nafaqa-ehsoni qabul bo‘lmaydi. Kim haromdan sadaqa bersa, uni halol va yaxshi deb sanasa, savobdan umid qilsa, Alloh taolaga kufr keltiribdi. Bu haqda sadaqa bobida zikr qilindi. 545. Abu Rofe’ aytadilar: "Oyoqqa taqiladigan kumush halqani Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) sotdim. Abu Bakr Siddiq (r.a.) halqani torozining bir pallasiga va pullarni ikkinchisiga qo‘ydilar. Halqa puldan ozgina og‘ir keldi. Keyin uni kesib tenglashtirmoqchi bo‘lib qaychini oldilar. Men: "Ey Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xalifasi, ortiqchasi sizga", dedim. "Yo‘q, – dedilar u zot. – Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam: "Ziyoda qiluvchi ham, ziyoda qilishni so‘ragan ham do‘zaxda", deganlarini eshitganman". 546. Abu Said Xudriy, Uboda ibn Somit, Abu Hurayra va boshqalar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishgan. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kumush tengi kumush bilan, ortiqchasi sudxo‘rlikdir. Bug‘doyning tengi bug‘doy bilan, ortiqchasi sudxo‘rlikdir". Keyin donni, xurmoni va tuzni ham zikr qildilar. So‘ng aytdilar: "Kim ziyoda qilsa yoki ziyoda qilishni so‘rasa, ribo qilibdi". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling