Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Urib qoluvchi kimsalarga vayl bo‘lgay", ya’ni, qattiq azob. Aytilishicha, jahannamda vayl degan vodiy bor, u joy o‘lchov va torozidan urib qoluvchilar
www.ziyouz.com kutubxonasi
225 Bunday deganlari riboning ko‘payishiga, qarzlar va oldi-sotdilarda har xil hiylalar va shubhalar zohir bo‘lishiga, odamlarning mollari sudxo‘rlik, shubha va haromlar bilan aralashib ketishiga, hatto, mollar orasini farqlash mumkin bo‘lmay qolishiga, odamlar o‘zlari bilmagan holda yeyishlariga va uning zarari hammaga yetishiga dalolatdir. Holbuki, ular o‘rtaga tushmagan, shohidlik qilmagan, uni yozmagan yoki sudxo‘r bilan muomalada bo‘lmagan. Savdogar tijorat qilish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi ilmni olishi lozim, sudxo‘rlik bilan yemaslik, halol va harom orasini ajratish, moliga haromni aralashtirmaslik, harom moldan yemaslik, to‘g‘rilik va yolg‘onchilikni bilib olish, sunnat va bid’atni farq qilish, kufr va imonni ajratish uchun, albatta, ilm olish zarur bo‘ladi. 550. Hasan (r.a.) rivoyat qilgan mashhur hadis ham shu xususdadir: "Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bir necha marta: "Shubhali narsani tark qilib, shubhasizini oling. Chunki to‘g‘rilik va ishonch xotirjamlikdir, shak va yolg‘onchilik gumondir", deganlarni eshitib yod olganman". Torozi va o‘lchovda diqqatli bo‘lmoq lozim. Chunki Alloh taolo torozi va o‘lchov ishi haqida qattiq so‘z aytdi va shiddatli azobni va’da qildi. "Urib qoluvchi kimsalarga vayl bo‘lgay", ya’ni, qattiq azob. Aytilishicha, jahannamda vayl degan vodiy bor, u joy o‘lchov va torozidan urib qoluvchilar uchundir. "Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan", ya’ni, o‘z haqlarini to‘la qilib oladigan, "boshqalarga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa, kam qilib beradigan kimsalardir". Keyin Alloh taolo aytdi: "Ular o‘zlarining ulug‘ bir kunda barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob beradigan qiyomat) kunida qayta tiriluvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?" (Mutaffifun, 1-5). 551. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga keldilar. Madina ahli o‘lchov ishida yomon odamlar edi. Ularda ikki xil torozi bo‘lib, sotib olmoqchi bo‘lsalar, oshig‘i bilan tortadiganini qo‘llardilar, sotmoqchi bo‘lsalar, kamaytirib tortadiganini ishlatar edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunda: "Sizlarga qilayotgan ishlaringiz sabab vayl bo‘lsin", dedilar. So‘ng Alloh taolo bu oyatlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kelishlari barakotidan odamlar adolatli va insofli bo‘lishlari, bu bilan olamni obod qilish uchun nozil etdi, odamlarni haqqa va to‘g‘rilikka buyurdi. "Ular qayta tiriluvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?" deb aytyapti Alloh taolo. Ya’ni, ular qiyomat kunida qayta tirilishlariga ishonishmaydimi? Ular har zarra uchun hisob beradilar, qilgan har bir amallariga mukofotlanadilar va odamlardan urib qolgan har bir narsalari uchun azoblanadilar. Hisob-kitob kunida mol, dinoru dirham bo‘lmaydi, e’tibor beringiz, ey odam farzandlari, Alloh taolo u kunni "ulug‘ kun" deb nomladi. U kunda "barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turadi", ya’ni, Alloh qudrati oldida to‘xtaydilar va ulardan ozu ko‘p hammasi so‘raydi, kitobidan nima amal qilganlarini o‘qiydi. Alloh taolo aytganidek: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling