Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
224 Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Biz riboga tushib qolishdan qo‘rqib, halolning o‘ndan to‘qqiz qismini tark qilardik". Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qaysi shaharda zino va sudxo‘rlik tarqalgan bo‘lsa, u shahar xarob bo‘ladi". Salaf olimlarimizdan Abu Hanifa, Sufyoni Savriy, Fuzayl ibn Iyoz, Dovud Toiy, Shofi’iy va boshqalar aytadilar: "Imon, namoz, zakot, haj, ro‘za, g‘usl, jinobat va tahorat ilmlaridan keyin sotish, olish, nikoh, taloq, hayz, kasb va boshqa ilmlarni o‘rganish shariatda farzdir". 547. Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam: "Ilmni talab qilish har bir muslim va muslimaga farz", degan so‘zlariga ko‘ra, har bir farz bo‘lgan amalni yoki shariat ilmini talab qilish farzdir". Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi.U zot aytdilar: "Kim din ilmini o‘rganmasdan oldin savdogarlik qilsa, u riboga tushibdi, riboga tushibdi, riboga tushibdi", ya’ni, unga cho‘kib ketibdi. Umar ibn Xattob (r.a.) aytganlar: "Bozorlarimizda din ilmini o‘rganmagan, torozida mukammal o‘lchamaydigan kishilar oldi-sotdi qilmasin". Abdurahmon ibn Sobit aytadilar: "Qavm to‘rt narsani halol sanasa, uning halok bo‘lishiga izn beriladi: Torozidan urishni; o‘lchovdan kamaytirishni; zinoni oshkora qilishni; riboni yeyishni. Zinoni oshkor qilsalar, ularga vabo yetadi, torozidan urib, o‘lchovdan kamaytirsalar, yomg‘irdan mahrum bo‘ladilar. Agar ribo yesalar, ularga qilich yalang‘ochlanadi". Ubayd Muhoribiy aytadilar: "Men Ali ibn Tolib (r.a.) orqalaridan bozorda yurardim. U kishida qamchi bor edi. Agar o‘lchovni barobar qilmagan kishini ko‘rsalar, qamchi bilan urardilar va, o‘lchovni to‘g‘ri qil, der edilar". Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Ey ajamlar jamoasi, sizlar ikki narsaga mutasaddi qilindinglar, bu ikkalasi bilan sizlardan oldingi o‘tganlar halok bo‘lishgan edi. Ular – o‘lchov va tarozi". 548. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladiki, u vaqtda hech kim ribo yemasdan qolmaydi". "Ey Allohning elchisi, hamma ribo yeydimi?" deb so‘rashdi. "Undan yemaganga changi yetadi", ya’ni, gunohidan yetadi, dedilar. Chunki yoki riboga yordam bergan bo‘ladi, yo ko‘radi, yo yozadi, yoki bu ishiga rozi bo‘ladi yoki uning hadyasini qabul qiladi, yoki dasturxonidan yeydi, xullas, gunohdan nasibasini oladi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) aytganlaridek: "Ziyoda qiluvchi va ziyoda qilishni so‘rovchi do‘zaxdadir". 549. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladi, hech kim ribo yemasdan qolmaydi, undan yemasa, g‘ubori yetadi". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling