Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
270 had va farzlarini bilmaydi. Allohning amriga olim-u, o‘ziga olim bo‘lmagan kishi Allohning had va farzlarni biladi, lekin Allohdan qo‘rqmaydi. Faqih aytadilar: "Otam (rahmatullohi alayh): Abdulloh ibn Janohdan Abu Hafsning shunday deganlarini aytib berdilar: "O‘nta narsa olimning darajasini ko‘taradi: Allohdan qo‘rquv, nasihat, shafqat, musibatni ko‘tarish, sabr, muloyimlik, tavozu’, odamlarning mollarida iffatli bo‘lish, kitoblarga qarashni davom ettirish, hojibning (eshik og‘alari) oz bo‘lishi, ya’ni, uning oldiga kirishga mone’lik bo‘lmasligi va eshigi past tabaqadagilar uchun ham, yuqori tabaqadagilar uchun ham ochiq bo‘lishi. Chunki bizlarga xabari yetdiki, Dovud (a.s.) hojiblarning qattiqligi tufayli sinovga yo‘liqqan ekanlar". Abu Hafs aytadilar: "O‘nta narsa odamlarning o‘nta toifasi uchun yomondir. Sultondagi tezlik, boylardagi baxillik, ulamolardagi tama’, kambag‘allardagi hirs, taniqli odamlarda hayoning ozligi, qarilar o‘zlarini yoshlardek tutishi, erkaklarning ayollarga va ayollarning erkaklarga o‘xshashi, zohidlarning dunyo ahli eshiklariga kelishi, bandalardagi johillik". Fuzayil ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "Agar olim dunyoga rag‘bat qilib, hirs qo‘ysa, u bilan birga o‘tirish johilning johilligini, fojirning fojirligini ziyoda qiladi va mo‘minning qalbini qotiradi". Hakimlardan biri aytadi: "Hakimlarning so‘zi ahmoqlar uchun ermak, ovunchoqdir va ahmoqlarning so‘zi hakimlar uchun ibratdir", ya’ni, ahmoqlar hakimlarning gapini eshitsa, ularning kalomlarini chiroyli sanaydilar va bu ermak o‘rnida bo‘ladi. Ammo hakimlar ahmoqlarning gaplarni eshitib, yomonlikni ko‘rib, undan ibrat oladilar va unga o‘xshaganlardan saqlanadilar. Aytiladi: Ahmoqlarning himmati eshitish, olimlarning himmati rivoyat, zohidlarning himmati rioya etish, ya’ni, uni mahkam tutib, amal qilishdir. ______________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling